Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekiston saylovlarga doim yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rgan

Tamara Guzenkova, Rossiya strategik tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari, professor:

– “Prezident saylovining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: O‘zbekiston va rivojlangan davlatlar tajribasi” mavzuidagi konferensiyada xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekiston saylov qonunchiligidagi ochiqlik va ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan tanishdi. Bir necha saylov uchastkalaridagi jarayonni kuzatib, O‘zbekiston fuqarolarining saylovga ixtiyoriy, ayni chog‘da mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lganidan quvondim.

Jim Morann, kongressmen (AQSh):

2-Жим МОРАНН (АҚШ).JPG– To‘rttala nomzodning ham dasturi bilan tanishdim. Har bir dasturda mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy farovonligiga e’tibor qaratilgan. Saylov jarayonlarida yoshlar juda faol. Men ko‘zlari chaqnab turgan O‘zbekiston yoshlarini ko‘rib, mamlakat kelajagi ham shunday porloq bo‘lishiga ishondim.

Xan Dachuan, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi bosh kotibi o‘rinbosari:

3-Хан ДАЧУАН (Хитой).JPG– Buxoro va Toshkentdagi saylov uchastkalarida yaratilgan sharoitlar menda katta taassurot qoldirdi. Prezident saylovining ko‘tarinki ruhda o‘tgani e’tiborimni tortdi. Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotlari teng, adolatli olib borilgan. Saylovchilar va nomzodlarning huquqlari, majburiyatlari milliy qonunchilik hamda xalqaro standartlarga muvofiq ta’minlangan. Saylovning muvaffaqiyatli yakunlanib, mamlakat o‘zi tanlagan yo‘l – “o‘zbek modeli” asosida bundan ham ulkan marralarga erishishiga ishonamiz.

Sevara Alijonova, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA 

8667

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular