Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Qirg‘iziston Respublikasida referendumni kuzatish

MDH Ijroiya qo‘mitasi va ShHTning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi B.Mirboboyev va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi A.Jalilov MDH kuzatuvchilari missiyasi tarkibida, shuningdek Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati boshlig‘i S.Qurbonqulov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Umirzakov ShHT kuzatuvchilari missiyasi tarkibida 2016-yil 11-dekabrida bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendumda ishtirok etdilar.

Konstitutsiyaning 29 ta moddasiga hukumat vakolatlarini kuchaytirish, davlat boshlig‘i vakolatlarining hokimiyatning boshqa tarmoqlari bilan muvozanatini ta’minlashga, inson huquqlari va respublika fuqarolarining mas’uliyatini, shuningdek oila, xalq vakillari, sud hokimiyati va Bosh prokuratura holati masalalarini oydinlashtirishiga qaratilgan tuzatishlar kiritish taklif etilgan edi.

Referendum o‘tkazish uchun 2365 ta uchastka, shu jumladan 26 ta xorijiy davlatda 35 ta uchastka tuzildi.

Referendumda ishtirok etuvchilarning umumiy soni 2 million 851 ming 952 kishini tashkil qildi. Qirg‘iziston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, referendumda 1 million 200 ming 438 kishi yoki ro‘yxatga kiritilgan fuqarolarning 41,74 foizi ishtirok etdi. 950 ming 440 nafar fuqaro yoki 79,7 foizi mamlakat Asosiy qonuniga tuzatishlar kiritish uchun ovoz berdi.


O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

8681

12Dekabr 2016



Dolzarb mavzular