Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Markaziy saylov komissiyasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomovning Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Pamela Spratlen bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

YRK_8939.JPG

Markaziy saylov komissiyasi raisi elchini shu yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari bilan tanishtirdi.

Uchrashuvda saylov jarayonining xalqaro kuzatuvi masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar kuzatuvchilarning tavsiyalari so‘zsiz saylov qonunchiligi va amaliyotini yanada takomillashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Elchi Pamela Spratlen AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari prezidentlik saylovini kuzatishdagi ishtiroki haqida axborot berdi. Ularning fikricha, O‘zbekistonda fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi uchun zarur shart-sharoitlarni, shu jumladan nogironlarga qulayliklar va ko‘zi ojizlar tomonidan Brayl alifbosidagi saylov byulletenlaridan foydalanish imkoniyatini yaratishga alohida e’tibor berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatishda AQShning 50 dan ziyod vakillari, shu jumladan YeXHT DIIHBdan – 20 nafar, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasidan - 20 nafar va 13 nafar olim, jamoat va davlat arboblari qatnashdi.


Markaziy saylov komissiyasi

matbuot xizmati

6869

20Dekabr 2016



Dolzarb mavzular