Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Toshkent viloyatida bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 21-yanvar kuni Chirchiq shahridagi "Kimyo­garlar" madaniyat saro­yida Xalq deputatlari Toshkent viloya­ti davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shma majlisda viloyat davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov kirish so‘zi bilan ochdi.

Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimi, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi Shukurullo Boboyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.

Farhod Tolipov,

“Toshkent haqiqati” gazetasi muxbiri

6538

21Yanvar 2017



Dolzarb mavzular