Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Jizzax viloyatida bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘lib o‘tdi

Shu yilning 27-yanvar kuni Jizzax viloyati musiqa drama teatri binosida Xalq deputatlari Jizzax viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov ochdi.

Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Jizzax viloyati hokimi, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi raisi Ulug‘bek Uzakov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.

Qo‘shma majlisda viloyat davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.


Tursunboy Kamolov,

“Jizzax haqiqati”

gazetasi muxbiri

6364

27Yanvar 2017



Dolzarb mavzular