Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Buxoroda Oliy Majlis Senati a’zosi saylandi

2017-yil 3-fevral kuni Buxoro davlat universitetida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shma majlisda viloyat davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qo‘shma majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi S. Qurbonqulov ochib berdi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi.

Akbar Rustamov,

“Buxoronoma” gazetasi

5646

03Fevral 2017



Dolzarb mavzular