Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekiston delegatsiyasi Turkmanistonda prezident saylovini kuzatdi

Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi va Shanxay hamkorlik tashkilotining taklifiga binoan joriy yilning 10-13-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi, Qoraqalpog‘iston Adliya vaziri J.Sadikov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi I.Abdullayev tarkibidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 2017-yil 12-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Turkmaniston Prezidenti saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etdi.

Saylov Turkmaniston Konstitutsiyasi va Saylov kodeksiga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq o‘tkazildi.

Saylov jarayonini 3223 nafar mahalliy kuzatuvchilar hamda xorijiy davlatlardan va BMT, MDH, SHHT, IHT, YEXHT DIIHB kabi xalqaro tashkilotlardan 151 nafar kuzatuvchilar kuzatib bordilar.

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Ashxobod va Dashoguz viloyatlaridagi 32 ta saylov uchastkasining ochilishi, ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarini kuzatib bordilar.

Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilar ro‘yxatiga 3228866 nafar, shu jumladan birinchi marotaba ovoz beruvchi 71685 nafar saylovchilar kiritildi. Ovoz berishda 3 140 865 saylovchi, ya’ni saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 97,27 foizi ishtirok etdi.

Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga asosan ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 97,69 foizi amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuxamedovni yoqlab ovoz berdi.


Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

6802

14Fevral 2017



Dolzarb mavzular