Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Markaziy saylov komissiyasining majlisi

2017-yil 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.

Joriy yilning 14-mart kuni o‘tkazilgan Jizzax viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bayonnomasiga asosan Mamarizo Nurmuratov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ro‘yxatga olindi.

Shuningdek, majlisda Shokirjon Umidovning xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan deputatlik vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.


Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

5242

16Mart 2017



Dolzarb mavzular