Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Armanistonda parlament saylovini kuzatish

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi taklifiga binoan joriy yilning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati boshlig‘i S.Qurbonqulov MDH kuzatuvchilari missiyasi tarkibida 2017-yil 2-aprel kuni bo‘lib o‘tgan Armaniston Respublikasi Milliy Majlisi deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatishda ishtirok etdi.

Saylov Armaniston Konstitutsiyasi va Saylov kodeksiga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq o‘tkazildi.

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatishda jamoat tashkilotlaridan 28 mingdan ziyod milliy kuzatuvchilar, har bir siyosiy partiya va blokdan 6 mingdan ishonchli vakillar, shuningdek qator mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan, shu jumladan YEXHTdan, Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi va MDHdan 634 nafar kuzatuvchilar ishtirok etdi. MDH missiyasi tarkibi 172 nafar kuzatuvchidan iborat bo‘ldi.

Ovoz berishda 1,577,323 kishi yoki ro‘yxatga olingan saylovchilarning umumiy sonidan 60,93% qatnashdi.

Armaniston Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Milliy Majlisda amaldagi Armaniston Respublika partiyasi – 58 o‘rin, «Sarukyan» bloki – 31 o‘rin, «YELK» («Chiqish») bloki – 9 o‘rin, «Dashnaksutyun» Armaniston inqilob federatsiyasi – 7 o‘rin egalladi.


Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

4254

05Aprel 2017



Dolzarb mavzular