Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Markaziy saylov komissiyasining majlisi

2017-yil 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.

Majlisda A.Bababekovning xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi vakolati muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, Komissiya a’zolari 50-Registon saylov okrugidan saylangan deputat Marhabba G‘afurova hamda 85-Chinoz saylov okrugidan saylangan deputat Odiljon Tadjiyev boshqa ishga o‘tganliklari munosabati bilan ularning parlament quyi palatasi deputatlari vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida ham qaror qabul qilindi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilindi.


Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

7755

17Aprel 2017



Dolzarb mavzular