Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Markaziy saylov komissiyasining majlisi

2017 yil 10 may kuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo’lib o’tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.

Majlisda Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida bo’shab qolgan o’rinlarga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovini o’tkazish masalasi muhokama qilindi.

Davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo’shab qolgan o’rinlarga Senat a’zolari saylovi bo’yicha qo’shma majlislarini joriy yilning 13 may kuni tegishincha Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Kimyogarlar” madaniyat saroyida va Sirdaryo viloyati hokimligi katta majlislar zalida o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi.

Majlisda Komissiya vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilindi.


O’zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

4614

10May 2017



Dolzarb mavzular