Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori

2015-YIL 29-MART KUNI O‘TKAZILGAN

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI NATIJALARI TO‘G‘RISIDA

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90, 117-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14, 35, 36-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari va O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalaridan olingan ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

 

Q A R O R   Q I L A D I:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq haqiqiy va bo‘lib o‘tgan deb topilsin.

 

2. Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblansin.

 

3. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.

 

 

 

Markaziy saylov komissiyasi

Raisi                                                                    M.Abdusalomov

 

 

Toshkent shahri,

2015-yil 6-aprel.

9521

06Aprel 2015



Dolzarb mavzular