Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekiston delegatsiyasining Daniya va Buyuk Britaniyadagi uchrashuvlari

Markaziy saylov komissiyasi kotibi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 2015 yil 18-20 noyabr kunlari Daniya Qirolligida amaliy tashrif bilan bo‘ldi.

 IMG_3228.JPG

Daniyadagi tashrif dasturi doirasida delegatsiya a’zolari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun mas’ul hisoblangan Daniya ijtimoiy masalalari va ichki ishlari vazirligida uchrashuv o‘tkazdi. Daniya saylovchilari yagona elektron reyestri amal qilishi tizimi namoyon qilindi. Uning yakunlari bo‘yicha delegatsiya a’zolari ushbu reyestrni yuritish, uni yangilash va undan saylov amaliyotida foydalanish yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Mamlkatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida ijtimoiy-siyosiy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

 

Delegatsiya a’zolarining Daniya Tashqi ishlar vazirligida, parlamentida, Statistika markazida va Kopengagen meriyasida uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi.

 

2015-yil 23-noyabridan e’tiboran o‘zbek delegatsiyayasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligiga tashrifi boshlandi. Buyuk Britaniya Saylov komissiyasi Siyosiy departamenti rahbari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda saylov qonunchiligini yanada takomilllashtirish, saylovlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha o‘tazilayotgan islohotlar haqida axborot berildi.

 

Shu bilan birga Buyuk Britaniyada saylovchilar yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va uning amal qilishi masalalari muhokama qilindi. Buyuk Britaniya qonunchiligiga binoan ovoz berish uchun saylovchilar ro‘yxatga olinishi zarur. Saylovchilarni ro‘yxatga olish va saylov bilan bog‘liq boshqa tashkiliy masalalar 2006-yilgi Saylovlarni boshqarish to‘g‘risidagi hujjat bilan tartibga solinadi.

Uchrashuv chog‘ida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish sohasida huquqni qo‘llash amaliyoti, saylovchilar yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va yangilab borish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

Tashrif doirasida delegatsiyaning London rayoni Kensington va Chelsi munitsipaliteti hamda Mahalliy ma’muriyat rahbarlari jamyati vakillari bilan ham uchrashuvlar rejalashtirilgan.

 

Delegatsiyaning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligiga tashrifi davom etmoqda.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

8209

22Noyabr 2015



Dolzarb mavzular