Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Armanistonda referendum kuzatish

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi O.Abdunazarov MDH kuzatuvchilari missiyasi tarkibida 2015-yil 6-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Armaniston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni monitoring qilishda ishtirok etdi.

 

Referendum jarayonini kuzatishda 3 mingdan ortiq mahalliy kuzatuvchilar hamda qator davlatlar va xalqaro tashkilotlardan, shu jumladan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi va MDHdan 116 nafar kuzatuvchi qatnashdi.


Referendumda mamlakat fuqarolari “Konstitutsiyaga tuzatishlar loyihasiga rozimisiz?” degan savolga javob berish taklif etildi. Asosiy qonunga o‘zgartishlar loyihasi 16 oktyabr kuni Armaniston Markaziy saylov komissiyasining saytida, shuningdek markaziy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi.

 

Taklif etilgan tuzatishlarga muvofiq respublika prezidenti cheklangan vazifalarga (asosan vakillik vazifalariga) ega. U aholining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan emas, balki respublika parlamenti tomonidan yetti yillik muddatga partiyasiz nomzodlar orasidan saylanadi.

 

Islohot parlamentga bir mandatli majoritar saylov okruglari bo‘yicha saylovdan voz kechishni nazarda tutadi. Deputatlar mutlaq partiyalarning ro‘yxatlari bo‘yicha saylanadi. Parlament a’zolarining soni 131dan 101 gacha qisqaradi.

 

Hukumat ijroiya hokimiyatining oliy organi sifatida belgilangan. Loyiha ko‘rsatilganidek, u “ichki va tashqi siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi”.

 

Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish Referendum bo‘yicha markaziy komissiya, 41ta okrug komissiyasi va 1997ta referedum bo‘yicha uchastka komissiyasi amalga oshirdi.

 

Ovoz berish soat 08:00dan 20:00ga qadar amalga oshirildi. Referendumda mamlakatning saylov huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarining 50,74 foizi ishtirok etdi. Konstitutsiyaviy islohot loyihasi uchun 825 ming 521 kishi yoki ovoz beruvchilarning 63,37% ovoz berdi.

 

Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati

8483

10Dekabr 2015



Dolzarb mavzular