Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Koreyada trening

2015-yil 28-noyabr 5-dekabr kunlari O‘zbekiston vakillari Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi (BSOA) tomonidan (Koreya Respublikasi) Inchxon shahrida “Saylovda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) salohiyatini oshirish” mavzusida tashkil etilgan o‘quv dasturida ishtirok etdilar. Uning ishida BSOAga 15 ta a’zo davlatlar saylov organlarining 37 nafar vakillari qatnashdi.

 12.03.jpg

O‘quv BSOAning ushbu yo‘nalishda tajribaga ega bo‘lgan hamda qator xorijiy davlatlarda bir necha marotaba saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan yetakchi mutaxassislari tomonidan olib borildi.

 

Tadbir davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini saylov jarayoniga joriy etishning amaliy masalalari BSOAga a’zo davlatlarning ilg‘or tajribasi misolida muhokama qilindi. Trening ishtirokchilari Qirg‘izistonning saylov jarayonida AKT qo‘llash bo‘yicha tajribasi bilan tanishdilar.

 

Shuningdek, BSOAning har bir davlatda demokratik saylovlarni, saylov organlarining ochiqligi va mustaqilligini ta’minlashga, ularning BSOA doirasidagi xalqaro hamkorligini mustahkamlashga, shuningdek xalqaro kuzatuv institutini rivojlantirishga qaratilgan saylov amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

3947

11Dekabr 2015



Dolzarb mavzular