Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

“Saylovlarni boshqarish” mavzusida o‘quv kursida ishtirok etish

Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Xalqaro aloqalar bo‘yicha guruhining rahbari Dilshod Baxriyev Hindiston demokratiya va saylovlarni boshqarish xalqaro instituti (HDSBXI) tomonidan 2015-yil 29-noyabrdan 11-dekabrga qadar “Saylovlarni boshqarish” mavzusida Nyu-Deli shahrida (Hindiston Respublikasida) tashkil etilgan o‘quv kursida ishtirok etdi.

 IMG_0379.JPG

Mashg‘ulotlar ingliz tilida HDSBXIning saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish borasida tajribaga ega bo‘lgan ekspertlari tomonidan amalga oshirildi. Treningda 16 ta mamlakatning saylov organlaridan 29 nafar vakillari qatnashdi: Bangladesh Xalq Respublikasi, Vanuatu, Gayana, Gruziya, Zambiya, Shri-Lanka, Iordaniya Hoshimit Qirolligi, Indoneziya, Butan Qirolligi, Kambodja Qirolligi, Kosta-Rika Respublikasi, Surinam Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Uganda Respublikasi, Tanzaniya, Turkmaniston.

 

O‘qish doirasida saylovlarni boshqarish va tashkil etish, siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish va ularning saylovdagi ishtirokini moliyalashtirish, saylovoldi tashviqotini OAVda yoritish, saylovchilarni o‘qitish, fuqarolarning saylovda ishtirok etishi uchun qulay va teng sharoitlar yaratish, saylovchilarni ro‘yxatga olish va ularning ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, xususan elektron ovoz berish mashinalaridan foydalanishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Trening qatnashchilari Hindistonda saylov sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan ham tanishtirildi.

 

O‘quv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

4100

14Dekabr 2015



Dolzarb mavzular