Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Markaziy saylov komissiyasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi M.Abdusalomovning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon Makgregor bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

DSC_2725.JPG

Uchrashuvda M.Abdusalomov Markaziy va okrug saylov komissiyalari tomonidan shu yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha axborot berdi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, Markaziy saylov komissiyasi va YeXHTning hamkorligi samarali rivojlanib bormoqda. YeXHT O‘zbekistondagi loyihalari koordinatorining Toshkentdagi ofisi “O‘zbekiston Respublikasi saylov amaliyotini takomillashtirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyiha doirasida mamlakatimizda saylov amaliyotini yanada demokratlashtirishning turli masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlar, anjuman va seminarlarni tashkil qilish va o‘tkazishda faol ishtirok etdi. Ularning ishida YeXHTga a’zo mamlakatlar vakillari, shu jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi ekspertlari ishtirok etdi.

Markaziy saylov komissiyasi vakillari Ispaniya, Fransiya, Daniya, Buyuk Britaniya saylov amaliyoti bilan yaqindan tanishish, shu jumladan, saylovchilarning yagona elektron reyestrini yaratish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish imkoniga ega bo‘lishdi.

Qayd etilganidek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistonda parlament va Prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayoni yuzasidan bir necha marta kuzatuv olib bordi. Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi shu yilning 11-14 oktyabr kunlari Ehtiyojlarni baholash missiyasini yuborishga qaror qildi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha taraflarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini

yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi

6371

06Oktabr 2016



Dolzarb mavzular