Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Umume’tirof etilgan xalqaro normalarning amaldagi ifodasi

27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov jarayonlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan uch yuzga yaqin kuzatuvchi bevosita kuzatib bordi. 

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘lib, mamlakatimiz saylov tizimi, parlament sayloviga tayyorgarlik, bevosita saylov jarayoni haqidagi fikrlarini so‘radi. 

Lim Jong Myong, “Diplomasi” jurnali vitse-prezidenti (Janubiy Koreya):

– Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovning dastlabki natijalariga ko‘ra, qirqqa yaqin saylov okrugida deputatlikka nomzodlar yetarlicha ovoz to‘play olmagan. Shu bois yaqin kunlarda bunday saylov okruglarida qayta ovoz berish o‘tkaziladi. Bu O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi, amaldagi saylov tizimi umume’tirof etilgan xalqaro normalar – demokratiya, oshkoralik, muqobillik va ko‘ppartiyaviylik tamoyillariga to‘liq mos kelishining amaldagi tasdig‘idir. Ayni paytda bu jarayon ham jamoatchilikda, ham xalqaro hamjamiyatda mamlakatingizning saylov tizimiga bo‘lgan ishonchni yanada oshirishga xizmat qiladi. 

O‘zbekistonda o‘tgan ovoz berish jarayonini Toshkent shahridagi 288, 297-saylov uchastkalarida kuzatdim. Ularning hammasida ushbu siyosiy tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilgani yaqqol sezilib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti sayloviga oid qonun hujjatlari, gazeta-jurnallar, plakatlar, nomzodlar haqidagi boshqa rang-barang ma’lumotlarni deyarli barcha jamoat joylarida ko‘rish mumkin. O‘zbekistonda saylov tizimining menga yoqqan yana bir jihati shuki, saylov kuni muayyan sabablarga ko‘ra saylov uchastkasiga kela olmaydigan fuqarolarga maxsus ko‘chma quti olib boriladi va ularga ovoz berish uchun imkoniyat yaratiladi. Inson manfaatlari va huquqlariga hurmatning bunday yorqin ifodasini hech bir mamlakatda uchratmagan edim. 

Abdulqodir Al-Habibulla, siyosiy va moliyaviy tahlilchi (Saudiya Arabistoni):

– Marg‘ilon shahridagi qator saylov uchastkalarida bo‘lib, ovoz berish jarayonlarini kuzatib, uning demokratik normalarga to‘la muvofiq o‘tganiga ishonch hosil qildim. Saylov uchastkalarida saylovchilarning o‘z xohish-irodasini erkin amalga oshirishi uchun xalqaro talablar darajasida imkoniyat va sharoit yaratilgan. Shuning o‘zi O‘zbekiston taraqqiyotning to‘g‘ri yo‘lini tanlagani va bu yo‘ldan dadil borayotganini ko‘rsatib turibdi. 

Saylov kuni ko‘rsatilgan nomzodlar yetarlicha ovoz to‘play olmagan okruglarda eng ko‘p ovoz olgan deputatlikka ikki nomzod bo‘yicha qayta ovoz berilishi mamlakatingizda shakllangan demokratik tamoyillarning amaldagi yana bir yorqin namunasidir. 

Vasiliy Volkov, Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi:

– Ko‘p mamlakatlarda o‘tkazilgan saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etganman. Tan olish kerak, mamlakatingizda saylovda kuzatuvchilar uchun barcha imkoniyat va shart-sharoitlar yaratildi. O‘zbekistonda parlament saylovi oshkora, demokratik normalarga mos o‘tdi. Toshkent shahri va viloyatidagi o‘n beshga yaqin saylov uchastkasida bo‘lib, saylov jarayonlarini diqqat bilan kuzatdim. Yuksak saviyada jihozlangan saylov uchastkalari menda havas uyg‘otdi. Saylov jarayonlarida hech qanday kamchilik ko‘rmadim. 

Nomzodlar yetarli miqdorda ovoz to‘play olmagan saylov okruglarida qayta ovoz berish o‘tkazilishi xalqaro andozalarga to‘liq mos kelishi barobarida O‘zbekiston saylov tizimining nechog‘li ishonchli, to‘g‘ri va odilona ishlab chiqilganidan dalolatdir. 

Safo Mahmud Al-Janabiy, “Orient Consulting & Legal Translation” kompaniyasi bosh direktori (Birlashgan Arab Amirliklari):

– Demokratiyaning muhim instituti bo‘lgan saylov xalqning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi, siyosiy hayotda, jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishining asosiy vositasidir. Saylov kuni bir nechta uchastkalarda bo‘ldim. Mamlakatingiz parlamentiga saylov uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Bunga har bir saylov uchastkasida guvoh bo‘lish mumkin edi. 

Saylovchilar erkin, yashirin ravishda ovoz berdi. Shuni alohida ta’kidlamoq joizki, mamlakatingizda saylovning ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida o‘tgani, har bir fuqaroning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berishi uning demokratik tamoyillarga, xalqaro normalarga mosligidan dalolat. 

Pak Mu-Jong, “Korea Times” gazetasi prezidenti (Koreya):

– Nomzodlar yetarlicha ovoz to‘play olmagan ba’zi saylov okruglarida yaqin kunlarda qayta ovoz berish o‘tkazilishi O‘zbekiston saylov tizimining eng demokratik jihatlaridandir. 

O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi bilan chuqur tanishdim. U har tomonlama mukammal va xalqaro andozalarga to‘liq javob beradi. Huquqiy zamini mustahkam bo‘lgani uchun ham O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov yuqori saviyada, qonuniylik, ko‘ppartiyaviylik, muqobillik va adolat asosida o‘tdi. Ko‘plab uchastkalarda bo‘lib, bunga shaxsan to‘la ishonch hosil qildim. 

Saylovchilar fuqaro sifatida o‘z huquqini erkin amalga oshirdi. Bu jarayonda ularga tashqaridan ta’sir qilish, aralashish holatlari umuman kuzatilmadi. Deputatlikka nomzodlar orasida xotin-qizlar vakilalarining ko‘pligi ham O‘zbekistonda qaror topgan demokratiyaning eng gumanistik jihatlaridandir.


UzA

6758

29Dekabr 2009



Dolzarb mavzular