Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“O‘zbekistondagi saylov tizimi izchil takomillashib bormoqda”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan 300 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib borayotir. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘lib, mamlakatimiz saylov tizimi, parlament sayloviga tayyorgarlik, saylov jarayoni haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Adjay Patnaik, J.Neru nomidagi universitet professori (Hindiston):

– O‘zbekistondagi saylov tizimi yildan-yil takomillashib borayotir. Bu yilgi parlament saylovi ham xalqaro demokratik me’yorlar asosida o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 9-Andijon saylov okrugi va bir qator uchastkalarda bo‘lib, jarayon bilan yaqindan tanishdim. Barcha saylov uchastkalarida saylovchilarning faolligi, ayniqsa, yoshlarning ko‘tarinki kayfiyati e’tiborimni tortdi. Saylovchilar munosib nomzodlarga ovoz berishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Har bir deputatlik o‘rniga O‘zbekistondagi to‘rtala siyosiy partiyadan ham nomzod ko‘rsatilgani saylovning muqobillik va sog‘lom raqobat muhitida o‘tishini ta’minladi.

O‘zbekistonda istiqlol yillarida amalga oshirilgan o‘zgarishlar, xususan, Andijon shahridagi bunyodkorlik ishlari meni hayratga soldi. Zahiriddin Muhammad Bobur voyaga yetgan bu qutlug‘ maskanni ziyorat qilganimdan juda mamnunman.

UzA



4947

27Dekabr 2009



Dolzarb mavzular