Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“O‘zbekistonda inson manfaatlari ustuvorligi ta’minlanmoqda”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan 300 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib borayotir. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘lib, mamlakatimiz saylov tizimi, parlament sayloviga tayyorgarlik, saylov jarayoni haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Dmitriy Aleksandrov, MDH kuzatuvchilar missiyasi vakili (Rossiya Federatsiyasi):


– Mamlakatingizda saylov tizimiga oid qonun va me’yoriy hujjatlar bilan tanishib, bu sohada ham inson manfaatlari ustuvorligi ta’minlanganiga amin bo‘ldim.

Navoiy shahriga ilk bor kelishim. Zamonaviy, navqiron shahar. Menga juda yoqdi. Navoiy viloyati saylov komissiyasi raisi Shuhrat Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi barcha uchastkalarda siyosiy jarayonga puxta hozirlik ko‘rilganini gapirib berdi. Kuzatishlarim buning ayni haqiqat ekanini isbotladi. Jumladan, Zarafshon shahridagi 36-saylov okrugiga qarashli saylov uchastkalarida bo‘lganimda bunga to‘la amin bo‘ldim.

Saylovda fuqarolar faol qatnashdi. Okrug va saylov uchastkalari komissiya a’zolarining malakasi, huquqiy savodxonligi talab darajasida. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayon xalqaro me’yorlarga to‘liq mos keladi. Bugungi saylovda turli mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan ko‘plab kuzatuvchilarning ishtirok etayotgani bunga misoldir.

Yurtingizda fuqarolik jamiyatini barpo etish, jamiyatni demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash va islohotlarni chuqurlashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar berayotgan yuksak samaralarni bugungi saylovlar misolida ham ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Ekologik harakatiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan 15 deputatlik o‘rnining berilishi mamlakatingizda ekologik vaziyatni barqarorlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir.

UzA



5123

27Dekabr 2009



Dolzarb mavzular