Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Bugungi saylovlar kelajakda yuksak samaralar beradi

Bugungi saylovlar kelajakda yuksak samaralar beradi

Amar Abdulrahmon Zunnun Al-Sanjariy, «Al-Bayan» markaziy nashriyoti byurosi rahbari (Birlashgan Arab Amirliklari):

– Mamlakatingizda o‘tayotgan parlament saylovlarini diqqat bilan kuzatar ekanman, u demokratiyaning barcha tamoyillariga to‘liq mos kelishiga ishonch hosil qildim. Mamlakatingizni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning ishtiroki kuchaygani demokratiyaning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Yurtingizda fuqarolarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun barcha shart-sharoit, huquqiy asoslar yaratilgan.



Su Sok Xung, Koreya Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik federatsiyasi qo‘mitasi hamraisi:

– O‘zbekiston fuqarolari parlament saylovida faol ishtirok etayotir. Bu ularning mamlakat kelajagiga befarq emasligidan dalolatdir. Deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti va dasturi bilan saylovchilar atroflicha tanishgani sezilib turibdi.

Bir qator saylov uchastkalarini kuzatishim natijasida O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik borasida o‘rnak olsa arzigulik jihatlarni kashf qildim. Saylov uchastkalarida saylovchilar uchun yaratilgan qulayliklar – zarur uskunalar bilan jihozlangan tibbiyot, ona va bola xonalari hamda boshqa shart-sharoit shular jumlasidandir. Bunday yuksak saviyadagi tashkiliy ishlarni boshqa mamlakatda uchratmagan edim.

O‘zbekiston – ulkan iqtisodiy salohiyatga ega mamlakat. Yurtingizda xorijlik ishbilarmonlar uchun yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit, keng imkoniyat va imtiyozlar koreyalik ishbilarmonlarning O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqishini tobora oshirmoqda. Mamlakatingiz iqtisodiyoti bundan keyin ham barqaror rivojlanishiga ishonaman.

Yanis Urbanovich, Latviya Seymi «Kelishuv markazi» siyosiy birlashma fraksiyasi raisi:

– Parlament saylovining yuksak demokratik tamoyillar asosida o‘tayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. Bu jihatdan ham ko‘plab mamlakatlar O‘zbekistondan o‘rnak olsa arziydi.

Saylov uchastkalaridagi xodimlarning tezkor va aniq ishlayotgani diqqatga sazovor. Bir nechta saylov uchastkalarini ko‘zdan kechirdim, ularning faoliyatiga havasim keldi.

Tatyana Oxlopkova, Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi:

– Mamlakatingizga ilk tashrifim. Avvalo, xalqingizning mehmondo‘stligi va shirinsuxanligidan lol qoldim. O‘zbekiston siyosiy hayotida muhim jarayon hisoblangan saylovda kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotganim men uchun katta sharaf. Saylov jarayonlarida biz, kuzatuvchilar va saylovchilar uchun yaratilgan yuksak saviyadagi sharoitdan chin dildan hayratlandim. Mamlakatingizning saylovga oid barcha huquqiy hujjatlari xalqaro standartlarga to‘la mos kelishini alohida ta’kidlash joiz.

Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov jarayonlarini kuzatish bilan birga o‘zbekistonlik hamkasblarim bilan mazkur soha yuzasidan o‘zaro tajriba va axborot almashish imkoniyatiga ham ega bo‘lganimdan mamnunman.

O‘zbekiston boy tarixi, qadimiy shaharlari, zamonaviy bunyodkorlik ishlari bilan dunyoga mashhur. Ayniqsa, Sharq gavhari bo‘lmish Samarqand o‘zining tarixiy obidalari, o‘zbek xalqining yuksak san’ati va madaniyatini aks ettirgan me’moriy yodgorliklari bilan har qanday kishini maftun etadi. Men bu go‘zal shaharni ziyorat qilib bunga to‘la amin bo‘ldim.

Gerxard Kraml, Qurilish sohasida tajriba va tadqiqotlar instituti bosh menejeri (Avstriya):

– Xalqaro kuzatuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov jarayonlarini bevosita kuzatib borishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. O‘zbekistondagi saylov jarayoni rivojlangan demokratik davlatlar saylov tizimidan aslo qolishmaydi. Demokratik tamoyillar, ochiq va oshkoralik ta’minlangan holda o‘tayotgan bugungi saylovlar buning yaqqol dalilidir.

Ko‘ppartiyaviylik sharoitida o‘tkazilayotgan mazkur saylov kelajakda yuksak samaralar berishiga, xalq o‘zi istagan va ishongan nomzodlarni saylashiga ishonaman.

UzA


6555

27Dekabr 2009



Dolzarb mavzular