Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“O‘zbekistonning xalqaro nufuzi oshib bormoqda”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan 300 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib borayotir. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘lib, mamlakatimiz saylov tizimi, parlament sayloviga tayyorgarlik, saylov jarayoni haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.


Santyago Ruiz-Morales, O‘zbekiston-Ispaniya do‘stlik jamiyati raisi:

– Yurtingizda o‘tgan avvalgi saylovlarda ham qatnashganman. Saylovlarni ochiq va oshkora, demokratik tamoyillarga, jahon andozalariga mos tarzda o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Buni Oliy Majlis quyi palatasiga o‘tayotgan saylovlar jarayoni ham yaqqol ko‘rsatib turibdi. Toshkent shahridagi bir qator saylov uchastkalariga bordim. Fuqarolar o‘z konstitutsiyaviy huquqini erkin amalga oshirmoqdalar. Saylov uchastkalarida ko‘plab jurnalistlar, mahalliy kuzatuvchilar, jumladan, siyosiy partiyalarning vakillari ovoz berish jarayonini sinchkovlik bilan kuzatib turishibdi. Bu ham demokratiyaning amaldagi bir ifodasidir.

Mamlakatingizda o‘tayotgan saylovni kuzatish uchun uch yuzga yaqin xalqaro kuzatuvchi tashrif buyurgani bejiz emas. Bu O‘zbekistonning nufuzi oshib borayotganidan, yurtingizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiy yuksalish borasidagi ulkan yutuqlar xalqaro miqyosda katta qiziqish uyg‘otayotganidan dalolatdir.

UzA


4367

27Dekabr 2009



Dolzarb mavzular