Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“Saylov demokratik tamoyillar asosida, ochiq va oshkora o‘tmoqda”

“Saylov demokratik tamoyillar asosida, ochiq va oshkora o‘tmoqda”

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga boshlangan saylov jarayonlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan 300 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib borayotir. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘lib, mamlakatimiz saylov tizimi, parlament sayloviga tayyorgarlik, saylov jarayoni haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.


Sergey Lebedev, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijroiya kotibi, MDH kuzatuvchilari missiyasi rahbari:

– Saylov jarayonlarini kuzatish davomida Toshkent shahri, Jizzax va Xorazm viloyatlarida bo‘ldim. Aytishim joizki, O‘zbekiston Respublikasi parlamenti sayloviga har tomonlama puxta va izchil tayyorgarlik ko‘rilgan. O‘zbekistonda fuqarolar saylov huquqining amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadida xalqaro andozalarga to‘la javob bera oladigan saylov tizimi yaratilgan.

Missiyamiz 2007 yili mamlakatingizda o‘tkazilgan Prezident saylovlarida ham ishtirok etgan edi. Bu galgi saylovlarni kuzatish orqali shunga amin bo‘ldimki, saylov tizimi va qonunchiligi hamda unga tayyorgarlik jarayoni yanada takomillashgan. O‘zbekiston sayloviga oid barcha qonunlar xalqaro me’yorlarga mos kelishi bilan bir qatorda ayrim mamlakatlarning mazkur yo‘nalishdagi huquqiy hujjatlaridan mukammalligi bilan alohida ajralib turadi.

O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish va bu boradagi muammolarni bartaraf etish maqsadida Ekologik harakat tashkil etilishi va unga Oliy Majlis quyi palatasida 15 deputatlik o‘rnining berilishi mamlakatingizda ekologik vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarga yorqin misoldir.

Saylov barcha demokratik tamoyillar asosida, ochiq va oshkora tarzda o‘tayotganiga guvoh bo‘ldim. Saylovchilarning ovoz berish jarayoni faol davom etmoqda. Uchastkalarda saylov yuksak darajada o‘tishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Siyosiy partiyalar vakillari, deputatlikka nomzodlar bilan uchrashib, ularning saylovoldi dasturlarini o‘rganib chiqdik. Nomzodlarning dasturlarida mamlakat istiqboliga xizmat qiladigan ko‘plab jihatlar va yo‘nalishlar o‘z ifodasini topgan. Dasturlardagi yo‘nalish va ustuvorliklarning bunday rang-barangligi ular o‘rtasidagi sog‘lom raqobat va o‘ziga xoslikni yanada kuchaytiradi. Munosib nomzodlarning saylanishi O‘zbekistonni yanada ravnaq toptirish, xalq farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

UzA


8039

27Dekabr 2009



Dolzarb mavzular