Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“Saylovni diqqat bilan kuzatyapman”

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga boshlangan saylov jarayonlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan 300 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib borayotir. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘lib, mamlakatimiz saylov tizimi, parlament sayloviga tayyorgarlik, saylov jarayoni haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.


Dato Xoji Van Ahmad bin Van Omar, Malayziya saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari:

– Toshkent shahridagi bir nechta saylov uchastkalarida bo‘lib, parlament saylovi jarayonlarini diqqat bilan kuzatyapman. Saylovchilarning ovoz berish jarayonida faol ishtirok etayotgani meni quvontirmoqda. Saylov jarayonlarida ko‘plab xalqaro kuzatuvchilarning qatnashayotgani mamlakatingizda demokratiyani mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganidan dalolatdir.

Men O‘zbekistonga saylovdan uch kun oldin kelgan edim. Shu bois saylovoldi kampaniyasini bevosita va batafsil kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Tayyorgarlik juda yuqori darajada tashkil etilgan. Bugun, 27 dekabr kuni erta tongda Toshkent shahridagi 160-saylov uchastkasida bo‘ldim. Bu yer saylovchilar bilan juda gavjum. Saylovchilar uchun yaratilgan qulay shart-sharoit, uchastkadagi tartib va xushmuomalalik menga juda ma’qul bo‘ldi.

Saylov uchastkalari zarur jihozlar bilan ta’minlangani – ovoz berish kabinalari, saylov varaqalarini tashlash uchun shaffof qutilar va boshqa jihatlar saylovchilar uchun yaratilgan qulay sharoit va keng imkoniyatlardir. Barcha ovoz beruvchilar nomzodlarning dasturi, saylovga oid boshqa ma’lumotlardan yetarlicha xabardorligi saylovga yuksak darajada tayyorgarlik ko‘rilganining tasdig‘idir.

UzA


6329

27Dekabr 2009



Dolzarb mavzular