Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“O‘zbekiston fuqarolari saylovga oid qonunchilikni yaxshi biladi”

“O‘zbekiston fuqarolari saylovga oid qonunchilikni yaxshi biladi”

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga boshlangan saylov jarayonlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan 300 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib borayotir. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘lib, mamlakatimiz saylov tizimi, parlament sayloviga tayyorgarlik, saylov jarayoni haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.


Yasushi Inaba, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi maslahatchisi:

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda kuzatuvchi sifatida ishtirok etayoganimdan mamnunman. Toshkentdagi 329-saylov uchastkasida bo‘ldim. Tayyorgarlik juda yuqori darajada tashkil etilgan.

Poytaxtingizda saylovning borishini kuzatib, har bir fuqaro ovoz berish uchun o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelayotganini ko‘rdim. Saylovda ishtirok eta olmayotgan betoblar, qariyalarning uylariga saylov qutilarining olib borilayotgani har bir fuqaroga o‘z huquqidan to‘la foydalanish imkonini bermoqda.

O‘zbekiston fuqarolari saylov to‘g‘risidagi qonunchilikdan, deputatlikka nomzodlar haqidagi ma’lumotlardan yaxshi xabardor ekan. Turli muassasalar va aholi gavjum joylarda nomzodlarning tarjimai holi, dasturlari haqidagi plakatlar, kitob va bukletlarni uchratish mumkin. Bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi parlamenti saylovining demokratiya, ochiqlik hamda oshkoralik tamoyillariga muvofiq o‘tayotganidan va saylovchilar uchun nomzodlarni tanlash imkoniyati to‘la yaratilganidan dalolatdir.

UzA


5071

27Dekabr 2009



Dolzarb mavzular