Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“Ovoz berish jarayonini yuzlab xalqaro kuzatuvchilar va xorijlik jurnalistlar kuzatib borayotir”

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga boshlangan saylov jarayonlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan 300 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib borayotir. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘lib, mamlakatimiz saylov tizimi, parlament sayloviga tayyorgarlik, saylov jarayoni haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Xadi Rajabli, Ozarboyjon Respublikasi Milliy Majlisi ijtimoiy siyosat bo‘yicha qo‘mita raisi:

– O‘zbekiston Respublikasi parlamentiga saylov jarayonlarini men Toshkentdagi bir necha saylov uchastkasida bevosita diqqat bilan kuzatdim. Ularning hammasida ushbu siyosiy tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilgani yaqqol sezilib turibdi. Saylov uchastkalari komissiyalari a’zolari ovoz berayotgan fuqarolarning barcha savollariga batafsil javob qaytarmoqda. Saylovchilar faollik bilan, emin-erkin ovoz berayotir.

O‘zbekistonda saylovga oid qonun va hujjatlar hamda ularga kiritilgan o‘zgarishlar bilan tanishib chiqdim. Ular xalqaro me’yorlarga to‘liq mos kelish barobarida saylovchilarning konstitutsiyaviy huquqlari va jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan demokratik tamoyillarni ifoda etgan. O‘zbekistonda Ekologik harakatning tashkil etilishi va unga Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi 15 ta deputatlik o‘rnining berilishi yurtingizda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalda katta ishlar qilinayotganining yorqin namunasidir.

Saylov jarayoni mamlakatingizdagi deyarli barcha ommaviy axborot vositalarida, internet saytlarda izchil yoritib borilayotir. Ovoz berish jarayonini esa yuzlab kuzatuvchilar, xorijlik jurnalistlar sinchkovlik bilan kuzatib borayotgani mamlakatingizda parlament saylovining ochiq-oshkoraligini va transparentligini ta’minlamoqda.

Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, O‘zbekiston barcha sohada eng to‘g‘ri – evolyutsion yo‘lni tanlagan. Shu bois mamlakatingiz taraqqiyotida izchillik va barqarorlik mavjud. Prezident Islom Karimov uzoqni ko‘zlab yuritayotgan siyosat negizida donolik, vazminlik, o‘zaro hurmat kabi yuksak insoniy fazilatlar mujassam. O‘zbekistonda har qanday muammo vazminlik, o‘zaro hurmat va ahillik bilan hal etilishining asosi ana shunda.

O\'zA


5974

27Dekabr 2009



Dolzarb mavzular