Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“Saylovga juda puxta tayyorgarlik ko‘rilgan”

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga boshlangan saylov jarayonlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan 300 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib borayotir. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘lib, mamlakatimiz saylov tizimi, parlament sayloviga tayyorgarlik, saylov jarayoni haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Yevgeniy Yankovich, MDH Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i:

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov jarayonini bevosita kuzatib, bu siyosiy tadbirga mamlakatda juda katta tayyorgarlik ko‘rilganiga ishonch hosil qildim. Bugun erta tongda Farg‘ona shahridagi 693-saylov uchastkasida bo‘ldim. Saylovchilarning faolligi e’tiborimni tortdi. Uchastkada saylov yuksak darajada o‘tishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Saylovchilarning emin-erkin, umume’tirof etilgan demokratik me’yorlarga muvofiq, ovoz berayotganiga guvoh bo‘ldim. Hozirga qadar biror noqonuniy holat kuzatilgani yo‘q. Saylovchilardan ham hech qanday e’tiroz va shikoyat eshitmadim. Ularning barchasi nomzodlarning tarjimai holi va dasturi bilan yaqindan tanish ekanini aytmoqda. Bu ularning yurt taqdiriga befarq emasligidan dalolat beradi. Umuman, saylov ochiq va oshkora, demokratik tarzda o‘tishi ta’minlanmoqda.

O'zA


5760

27Dekabr 2009



Dolzarb mavzular