Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

"Saylov demokratik tamoyillar, ochiq va oshkora o‘tayotir"

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga boshlangan saylov jarayonlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan 300 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib borayotir. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘lib, mamlakatimiz saylov tizimi, parlament sayloviga tayyorgarlik, saylov jarayoni haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.


Eli Krakovskiy, Janubiy va Markaziy Osiyo xavfsizligi masalalari bo‘yicha ekspert, J.Xopkins universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti katta ilmiy xodimi (AQSH):

– Erta tongdan Toshkentdagi 545-saylov uchastkasiga kelib, O‘zbekiston Respublikasi parlamenti saylovi jarayonlarini diqqat bilan kuzatyapman. Hali barvaqt bo‘lishiga qaramay, saylovchilarning ovoz berish jarayonida faol ishtirok etayotgani meni g‘oyat quvontirdi. Bu ularning mamlakat taqdiriga befarq emasligidan dalolat. 

Yurtingizda saylov jarayonlari demokratik tamoyillar, ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida, ochiq va oshkora ruhda o‘tayotganini alohida ta’kidlashni istardim. Saylov uchastkalarida saylovchilar va kuzatuvchilar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan, jumladan, zarur uskunalar bilan jihozlangan tibbiyot hamda ona va bola xonalari tashkil etilgan. Boshqa mamlakatlarda o‘tkaziladigan saylovlarda bunday yuksak saviyadagi tashkiliy ishlar kamdan kam uchraydi. Deputatlikka nomzodlarning tarjimai holi va targ‘ibot-tashviqot dasturlari o‘ziga xos va turli yo‘nalishlarni o‘zida mujassam etgan. Nomzodlarning dasturlari bilan saylovchilarni yaqindan tanishtirish maqsadida jamoat joylarida – ko‘chalar, do‘konlar, shifoxona va maktablar kabi turli muassasalarda plakatlarning osib qo‘yilgani yurtingizda saylov jarayonlarining demokratik ruhda o‘tayotganining yana bir yorqin ifodasidir. 

O‘zbekistonning turli siyosiy partiyalaridan yuzlab nomzodlarning qatnashishi, saylovchilarning tanlash imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi. Deputatlikka nomzodlar ichida o‘nlab xotin-qizlar vakillarining borligini mamlakatingiz saylov tizimidagi yutuqlardandir. Bu O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning amaliy samarasidir. Mamlakatingizda bu borada erishilgan ko‘rsatkichlarga havas qilsa arziydi.


UzA

6141

27Dekabr 2009



Dolzarb mavzular