Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“Jamiyatingizda adolat ustuvorligining dalolati”

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga boshlangan saylov jarayonlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan 300 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib borayotir. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘lib, mamlakatimiz saylov tizimi, parlament sayloviga tayyorgarlik, saylov jarayoni haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
Kruns Xelmut, “KRK” qurilish-sanoat kompaniyasi rahbari (Avstriya):

– O‘zbekiston Respublikasi parlamenti saylovi ochiq-oshkora, ko‘ppartiyaviylik, milliy qonunchilik doirasida va jahon andozalariga mos ravishda o‘tmoqda. Bunga men Toshkentdagi 125-saylov uchastkasida saylov jarayonini bevosita kuzatib borish asnosida amin bo‘ldim. Bu jamiyatingizda adolat ustuvor ekanidan dalolatdir. Saylovchilarning erta tongdan ovoz berishga faol kirishgani, ular uchun yaratilgan keng va qulay shart-sharoit, uchastkadagi tartib, xayrixohlik va xushmuomalalik menga juda ma’qul bo‘ldi. Bularning barchasi fuqarolarning mamlakat taraqqiyoti uchun mas’uliyatni his etishidan dalolatdir.

Saylovlarning yuqori samarali o‘tishida O‘zbekiston fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligi va siyosiy faolligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani diqqatga sazovor. Bu yoshlar ongi-shuurida demokratik qadriyatlarni shakllantirishga katta hissa qo‘shishi shubhasiz.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, barcha jabhalarda, jumladan iqtisodiyot sohasida ulkan yutuqlarga erishdi. Xalq farovonligi muttasil yuksalib, yurtingizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora oshmoqda. Bu mamlakatingizning tanlagan milliy taraqqiyot yo‘li g‘oyat to‘g‘ri ekaniga yana bir yorqin misoldir.


UzA

3739

27Dekabr 2009



Dolzarb mavzular