Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“Saylovchilarning faolligi meni hayratga soldi”

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga boshlangan saylov jarayonlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan 300 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib borayotir.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘lib, mamlakatimiz saylov tizimi, parlament sayloviga tayyorgarlik, saylov jarayoni haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
Aydin Abbosov, Ozarboyjon Respublikasi Milliy Majlis deputati:

– Men Toshkentdagi 166-saylov uchastkasiga erta tongda kelganimda, u yer saylovchilar bilan gamjum edi. Xalqingizning, erta boshlangan ish hayrli bo‘ladi, degan tushunchaga amal qilishi, saylovchilarning ertalabdan juda faolligi meni juda quvontirdi. Saylovlar jarayonini diqqat bilan kuzatar ekanman u demokratiyaning barcha tamoyillariga to‘liq mos kelishiga ishonch hosil qildim. O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli kuchayganligi kelajakda yuksak samaralar beradi. Buni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tayotgan bugungi saylovlar ham ko‘rsatib turibdi.

Yurtingizda fuqarolarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilishni ta’minlash uchun barcha shart-sharoit, huquqiy asoslar yaratilgan. 

Saylov uchastkalariga kela olmaydigan nogironlar, bemorlar va qariyalar uchun ham qulayliklar yaratilgani, saylov uchastkalarida yosh bolali saylovchilar uchun alohida xonalar tashkil qilingani mamlakatingizda inson manfaatlarini va huqularini ta’minlashga qaratilayotgan alohida e’tiborning amaldagi ifodasidir. Mazkur parlament saylovi g‘oyat samarali bo‘lishiga, xalq o‘zi istagan va ishongan munosib nomzodlarni saylashiga ishonaman. 

Mamlakatingizga har kelganimda turli jabhalarda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlarning guvohi bo‘laman. O‘zbekistondagi milliy va zamonaviy uslubni o‘zida mujassam etgan me’moriy obidalar, madaniy yodgorliklarni ziyorat qilib, ma’naviy ozuqa olaman. Yurtingizning go‘zal tabiati, bog‘u-rog‘lari, keng va fayzli ko‘chalari kishiga ulkan zavq bag‘ishlaydi. O‘zbekistonga bir marta kelgan kishi yana qaytib kelish istagi bilan yashaydi.


UzA

5334

27Dekabr 2009



Dolzarb mavzular