Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Ekologik harakat atrof-muhit muhofazasiga xizmat qiladi

Abdurahmon Al-Xamisiy, Yozuvchilar birlashmasi a’zosi, yozuvchi (Misr):

- O‘zbekistonga ilk bor kelishim. Mamlakat taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etuvchi muhim siyosiy voqea – saylov jarayonlariga kuzatuvchi sifatida taklif etilganimdan g‘oyat mamnunman

Mamlakatingiz saylov tizimi bilan tanishib, boshqa davlatlar saylov qonunchiligida kuzatilmagan ko‘plab afzal jihatlarni kashf qildim. Jumladan, atrof-muhit muhofazasini yaxshilash, orol dengizi qurishi oqibatlarini yengillashtirish va bartaraf etish maqsadida Ekologik harakat tashkil etilib, uning vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasidan 15 o‘rin ajratilgani mamlakatingizda boshqa sohalar qatori ekologiya tarmog‘ida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotganidan darlolat.


Kis Ladaj, “Fontis” universiteti professori (Niderlandiya):

- Tashrifim davomida qator saylov uchastkalarida yaratilgan qulayliklar bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldim. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari sonining oshirilgani mamlakatingizda kuchli demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga yorqin misoldir.

O‘zbekistonning saylov jarayonlarida siyosiy partiyalarga teng imkoniyatlar yaratilgani mamlakatingiz saylov tizimining demokratik tamoyillarga asoslanganidan yana bir dalolatdir. Biz, kuzatuvchilarga saylov jarayonida qulay sharoit yaratilgani uchun O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasidan minnatdormiz.

Aleksey Sherstboyev, “Ukraina forumi” ijtimoiy-siyosiy birlashmasining yetakchi eksperti (Ukraina):

- Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi ayrim saylov uchastkalarini borib ko‘rdim. Saylovga tayyorgarlik ishlari yuksak saviyada tashkil etilgan. Saylovchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Saylov uchastkalari aholi uchun qulay joylarda joylashgani, barcha zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangani, zarur uskunalar bilan jihozlangan tibbiyot, ona va bola xonalari buning tasdig‘idir. 

O‘zbekistonda Parlament sayloviga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan. 

Farhod Al-Mekrad, Arab ochiq universitetining uzluksiz ta’lim bo‘yicha bosh direktori (Kuvayt):

- Men O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosiy tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli demokratik islohotlarni muntazam kuzatib boraman va qo‘llab-quvvatlayman. Xususan, 2007 yili bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida hamda joriy yilgi parlament saylovida xotin-qiz nomzodlarning qo‘yilgani mamlakatingizda gender tengligi to‘la ta’minlanganidan dalolatdir.

Jan-Pol Furniye, Fransiya ilmiy tadqiqot milliy markazining tadqiqotlar guruhi direktori:

- O‘zbekistonda saylov tizimining zamon talablari asosida to‘la shakllangani, saylov to‘g‘risida xalqaro normalarga javob beradigan qonunlar ishlab chiqilib, amalda joriy etilayotgani suveren davlatning ulkan yutug‘idir. Saylovchilarning erkin, yashirin ovoz berishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Buni men poytaxtingizdagi bir qancha saylov uchastkalari misolida ko‘rdim.

Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlari soni 120 tadan 150 taga ko‘paytirilgani partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlarining yurtingizning demokratik yangilashdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.


UzA

5694

26Dekabr 2009



Dolzarb mavzular