Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekistonda saylov jarayonida demokratiya va oshkoralikni ta’minlash uchun barcha sharoit muhayyo etilgan

Tohir Faruh, “Ittihod” gazetasi bosh muharriri (Pokiston):

- O‘zbekistonda 2007 yilda o‘tgan Prezident saylovida ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etganman. O‘shanda saylovchilarning o‘z konstitutsiyaviy huquqlarini ado etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganini ko‘rganman. Saylov demokratik tamoyillar asosida, ochiq-oshkoralik ruhida o‘tgan. Bu yerda ko‘rganlarimni, olgan taassurotlarimni “Ittihod” gazetasida keng yoritganman.



Bu yilgi parlament sayloviga ham qizg‘in hozirlik ko‘rilibdi. Men saylov jarayoniga oid ma’lumotlar bilan tanishib chiqdim. Saylovda qatnashayotgan to‘rt siyosiy partiyaning saylovoldi dasturlari, nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari, saylov tizimidagi yangiliklar mamlakatingiz ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.

Mustaqillik yillarida yurtingizda milliy ommaviy axborot vositalari izchil rivojlanmoqda. Jurnalistlar erkin ijod qilishi uchun zarur sharoitlar mavjud. O‘tgan safar kelganimda “O‘zbekiston tudey” gazetasi tahririyatida bo‘lib, bunga yana bir karra ishonch hosil qilgan edim.

Peter Shpari, “Germaniya-O‘zbekiston” jamiyati vitse-prezidenti:

– O‘zbekiston qadimiy an’analariga tayangan holda taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlayotgan mamlakatdir. O‘tmishi boy, kelajagi porloq ana shunday yurt bilan hamkorlik qilish barcha uchun manzur. Shu ma’noda, O‘zbekiston va Germaniya aloqalari izchil rivojlanib borayotganidan, bunday hamkorlikni mustahkamlashga bizning jamiyatimiz ham o‘z ulushini qo‘shayotganidan mamnunman.

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tadigan saylovda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish menga alohida mas’uliyat yuklaydi. Bir qator saylov uchastkalarida bo‘lganimda bu tadbirga qizg‘in hozirlik ko‘rilganiga, saylov demokratik tamoyillar asosida o‘tishini, saylovchilarning o‘z xohish-irodasini emin-erkin ifoda etishini ta’minlash yo‘lida barcha sharoitlar muhayyo etilganiga guvoh bo‘ldim. Nomzodlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘la-to‘kis taqdim etilgan, saylovchi kabinada o‘zi tanlagan nomzodga hech kimning aralashuvisiz ovoz berishi imkoniyati mavjud.

Partiyalarning saylovoldi dasturlarini o‘qib chiqdim. Ularning ilgari surayotgan loyihalari turli shaklda bo‘lsa-da, barchasi xalq manfaatlarini muhofazalash, yurtingizni yanada yuksaltirish, mamlakatingizni ilg‘or davlatlar safiga olib chiqishdek xayrli maqsadni ko‘zlab oldinga intilayotganini anglash qiyin emas.

O‘zbekiston – yoshlar mamlakati. Davlat ularni jamiyatning tayanchi va sunyanchi etib tarbiyalash yo‘lida keng qamrovli ishlar olib bormoqda.

Hamdi Abulaynayn, Misr savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari:

– O‘zbekistonda saylov jarayonida demokratiya va oshkoralikni ta’minlash uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Men, ayniqsa, o‘zbek yoshlarining har jabhada faollik ko‘rsatishga bo‘lgan intilishidan quvonaman. Ular zamonaviy texnologiyalarni chuqur biladi, ilmli, bir necha tillarda so‘zlasha oladi.

Bugungi kunda dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solayotgan ekologiya muammolarining yechimini topishda turli tashabbuslar ilgari surilmoqda. Milliy va xalqaro miqyosda ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Mamlakatingizda bo‘lib o‘tadigan saylovda parlamentida O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari uchun 15 deputatlik o‘rni berilgani ekologik tanglikni bartaraf etishda ilgari surilayotgan ulkan tashabbus, deb o‘ylayman. Barcha jabhada bo‘lganidek, ekologiya sohasida ham tabiat bilan inson munosabatini tartibga solishda qonunlar muhim o‘rin tutadi. Ekologik harakatdan saylanadigan deputatlar kelgusida bu boradagi huquqiy bazani yanada takomillashtirishga, iqtisodiy mexanizmlarni rivojlantirishga munosib ulush qo‘shadi, albatta.

UzA


5966

26Dekabr 2009



Dolzarb mavzular