Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Siyosiy partiyalar vakillarining saylovchilar bilan uchrashuvlari ochiq va faol bo‘ldi

Shalaxuddin Kafraviy, Falsafa, huquq, ahloq, dinshunoslik, islomshunoslik, madaniyatshunoslik bo‘yicha mutaxassis (AQSH):

- Muayyan davlatning saylov jarayonlarini kuzatishdan avval o‘sha xalqning tarixini, mentalitetini, an’analarini, qadriyat va urf-odatlarini chuqur o‘rganish lozim. Mamlakatingizdagi saylov jarayonlari o‘zbeklarga xos bag‘rikenglik, hamjihatlik va ahillikda, barcha demokratik tamoyillarga mos ravishda tinch-osoyishta va odilona o‘tmoqda. Bunday to‘g‘ri va aniq ishlab chiqilgan saylov tizimi mamlakatni taraqqiyot sari odimlaydi.

O‘zbekistonda boshqa jabhalar qatori siyosiy tizimda ham xotin-qizlarning faol ishtiroki meni juda quvontiradi. Deputatlikka nomzodlar orasida ayollarning ko‘pligi mamlakatingizda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e’tibordan dalolatdir.

Tashrifim davomida Buxoro viloyatidagi saylov uchastkalarini va okruglarini borib ko‘rdim. Aytishim joizki, saylov uchastkalarida saylovchilarning ovoz berishi hamda biz, kuzatuvchilarning faoliyati uchun yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq qoniqdim.

Tatsuzen Fujino, “Fukuoka-O‘zbekiston” uyushmasi prezidenti (Yaponiya):

- Bundan ikki yil avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ham ishtirok etgandim. O‘shanda saylov jarayonlarining muqobillik va ko‘p partiyaviylik asosida ochiq va oshkora o‘tgani hamda saylovchilarning ovoz berish jarayonida faol ishtirok etgani meni juda quvontirgan edi.

Bu gal ham mamlakatingizda siyosiy partiyalarning saylovoldi kampaniyasi va nomzodlar tashviqoti uchun teng sharoit yaratilganiga guvoh bo‘ldim. Saylovda yashirin ovoz berilishi saylovchilarga o‘zi tanlagan nomzod uchun ixtiyoriy ravishda ovoz berish imkoniyatini yaratadi.

Moxan Dxar Polit, “Political Events” kundalik gazetasi sharhlovchisi (Hindiston):

- Ommaviy axborot vositalari orqali O‘zbekiston Respublikasi parlamenti sayloviga nomzodlarning va siyosiy partiyalarning chiqishlari, targ‘ibot va tashviqot ishlari, bahs-munozaralarini kuzatish imkoniga ega bo‘ldim. Siyosiy partiyalar vakillarining saylovchilar bilan uchrashuvlari ochiq va faol o‘tgani diqqatga sazovor. Nomzodlarning o‘ziga ishonchi mustahkam ekani, o‘z oldiga aniq maqsadlarni qo‘ygani e’tiborga molik.

Mamlakatingiz iqtisodiyotining jadal taraqqiy etayotgani yurtingizda tashkil etilayotgan sanoat korxonalari sonining tobora oshib borayotganida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu esa aholi bandligini va turmush darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

UzA


3987

26Dekabr 2009



Dolzarb mavzular