Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Kuzatuvchilar saylov jarayonlarini xolis baholashi uchun barcha sharoit yaratilgan

Magdi DAYF, Axborot vazirligi maslahatchisi, siyosiy sharhlovchi, jurnalist (Misr):

- Mamlakatingiz istiqlolga erishgach ko‘plab sohalarda ulkan yutuqlarga erishdi. Saylov mamlakatni demokratlashtirish jarayonidagi muhim siyosiy voqeadir. Shu bois munosib nomzodlarning saylanishi katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda esa bu borada izchil islohotlar amalga oshirilmoqda, saylov tizimi muttasil takomillashib borayotir.

Saylov jarayonlari ommaviy axborot vositalari tomonidan keng va tezkorlik bilan yoritilayotgani mamlakatingizda saylovning barcha demokratik tamoyillarga asoslangan holda ochiq va oshkora o‘tishini ta’minlashga ulkan e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir. Mazkur siyosiy jarayonni kuzatish uchun xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan uch yuzga yaqin kuzatuvchining kelishi saylovning erkin o‘tishi uchun barcha shart-sharoit yaratilganining yorqin namunasidir. Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, biz, kuzatuvchilarga saylov jarayonlarini xolis baholashimiz uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Manabu Shimizu, Taykyo universiteti professori (Yaponiya):

- Mamlakatingizga ko‘p marta kelgan bo‘lsam-da, saylov jarayonlarida ilk bor kuzatuvchi sifatida ishtirok etyapman. O‘zbekiston Respublikasi sayloviga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan tanishib chiqdim. Aytishim joizki, mazkur qonuniy hujjatlar va unga kiritilgan o‘zgarishlar inson huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan barcha zarur jihatlarni o‘z ichiga olgan.

Mamlakatingiz to‘g‘ri va aniq taraqqiyot yo‘lini tanlagan. O‘zbekistonda yuritilayotgan oqilona iqtisodiy siyosat samarasi o‘laroq yurtingiz xalqaro moliyaviy-iqtisodiy inqirozdan aziyat chekmadi.

O‘zbekistonning tashqi qiyofasi, strukturasi va odamlari zamonaviylashib borayotganiga qaramay, bu yurt aholisi o‘z milliy madaniyati va qadriyatlarini saqlab qolgan. Bunday holat boshqa yurtlarda kamdan kam uchraydi. Saylov jarayonlarining samarali o‘tishiga va xalq farovonligini yanada yuksaltirishga hissa qo‘shuvchi munosib nomzodlarning saylanishiga ishonaman.

Bal Ram Sainiy, Hindiston-MDH savdo sanoat palatasi hamraisi (Hindiston):

- Saylov jarayonlari yuksak saviyada tashkil etilgan. O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan saylov jarayonlarida ilk bor qatnashayotgan bo‘lsam-da, yurtingizda bo‘lib o‘tgan avvalgi saylovlarni ommaviy axborot vositalari orqali kuzatib borgan edim. Bu yerga kelib mamlakatingizdagi saylov tizimining, haqiqatdan ham, xalqaro andozalarga to‘liq mos holda ishlab chiqilganiga yana bir bor amin bo‘ldim.

Bugun ekologiya muammolari butun dunyoda dolzarb mavzuga aylangan. Shu jihatdan O‘zbekistonda ekologik harakatning tashkil etilishi va uning vakillariga parlament quyi palatasida 15 deputatlik o‘rni berilishi nafaqat O‘zbekistonning, balki Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining ekologik sharoitini barqarorlashtirishga xizmat qiladi.

UzA



3942

26Dekabr 2009



Dolzarb mavzular