Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekistonda demokratiyani mustahkamlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilgan

Shu yilning 27 dekabr kuni bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovni kuzatish jarayonida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan yuzlab vakillar ishtirok etadi. O’zA muxbirlari mamlakatimizga tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilarning ilk taassurotlari, saylov jarayonlari to’g’risidagi fikrlari bilan qiziqdi.


Sin Guanchen, Ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi Chekka tumanlarni o‘rganish instituti direktori (Xitoy):

– Saylov – katta tarixiy, siyosiy voqea. 2007 yili O‘zbekistonda prezident saylovida ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etganman. Mamlakatingizda saylovlar ko‘p partiyaviylik, muqobillik asosida o‘tishi O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat shakllangani va saylov tizimi xalqaro normalarga to‘la mos kelishidan dalolatdir. 

Bu galgi saylovda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Ekologik harakatidan 15 nafar deputat saylanishi alohida ahamiyatga ega. Bu ekologiya sohasiga oid qonunlarni yanada takomillashtirishga, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. 

O‘zbekistonning dunyodagi, jumladan, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimidagi nufuzi mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidlashni istar edim. Mamlakatingizda demokratiya tamoyillariga amal qilinayotgani va jadal iqtisodiy yuksalish xalq farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotir. O‘zbekiston ulkan salohiyatga ega va shu bois dunyoning ko‘plab mamlakatlari u bilan hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda. Global inqirozga qaramay, mamlakatingiz iqtisodiyoti barqaror rivojlanmoqda. Bu O‘zbekistonning milliy taraqqiyot yo‘li g‘oyat to‘g‘ri ekanini tasdiqlaydi. 

Xitoy Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa, O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik kelgusida yanada taraqqiy etishiga, do‘stona rishtalarimiz mustahkamlanishiga ishonaman. 

Santappu Radxakrishnan, ASEAN yuridik uyushmasi faxriy kotibi (Malayziya):

– O‘zbekistonda 2004 yilgi parlament va 2007 yilgi prezident saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivada saylov jarayonlarini kuzatganman. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga nomzodlar o‘z tashviqoti chog‘ida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish bo‘yicha teng huquq bilan ta’minlangani, ular orasida ayollar ko‘pligi e’tiborga molik. Xalqaro kuzatuvchilarning saylov jarayonini bevosita kuzatib borishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. Poytaxtingizdagi ayrim saylov uchastkalariga borganda shunga to‘la amin bo‘ldim. Saylovda ishtirok eta olmaydigan bemorlarga, qariyalar uylariga saylov qutilari olib borilishi har bir fuqaroga o‘z huquqidan to‘la foydalanish imkonini beradi. 

Mamlakatingizdagi tinchlik va farovonlikka havas qilsa arziydi. O‘zbekistonda istiqlol yillarida demokratiya, diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy adolat, insonparvarlikni qaror toptirish, tinchlik, do‘stlik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Yurtingizda yashayotgan barcha millat va elatlarning tili, urf-odat va an’analariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlangani e’tiborga sazovor. Turli millat va elat vakillari o‘zaro ahil-inoq, totuv hayot kechirmoqda, mamlakat ravnaqi yo‘lida samarali mehnat qilmoqda. 

O‘zbekiston sayyohlik sohasida ham ulkan salohiyatga ega. Yurtingiz turizm sohasi izchil rivojlanmoqda – yangi yo‘nalishlar ishlab chiqilib, zamonaviy mehmonxonalar qurildi, tarmoq infratuzilmasi kengaytirilmoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlardagi tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklarni ziyorat qilgan kishi katta ruhiy quvvat, ma’naviy ozuqa oladi.


UzA

6143

25Dekabr 2009



Dolzarb mavzular