Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Ommaviy axborot vositalaridan samarali foydalanilmoqda

Shu yilning 27 dekabr kuni bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovni kuzatish jarayonida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan yuzlab vakillar ishtirok etadi. O’zA muxbirlari mamlakatimizga tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilarning ilk taassurotlari, saylov jarayonlari to’g’risidagi fikrlari bilan qiziqdi.
Muhammad Saloma, “Al-Masoiyya” gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari (Misr):

– Mamlakatingizga uchinchi bor kuzatuvchi sifatida kelishim. Ta’kidlash joizki, yurtingizda milliy saylov tizimi muttasil takomillashib bormoqda. Aholining siyosiy faolligi oshib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunda ommaviy axborot vositalarining hissasi katta bo‘layotganini ta’kidlash kerak. Siyosiy tadbirga tayyorgarlik jarayonini yoritish va nomzodlarning dasturlarida ilgari surilgan yo‘nalishlarning mazmun-mohiyatini ochib berishda barcha ommaviy axborot vositalari imkoniyatidan samarali foydalanilmoqda. 

Yurtingizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida ajdodlarning boy merosini o‘rganish, targ‘ib qilish, madaniy yodgorliklarni ta’mirlash va atrofini obodonlashtirish, ta’lim, fan va madaniyat kabi sohalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tahsinga loyiq. 

O‘zbekistondan, ayniqsa, ta’lim sohasida o‘rnak olsa arzigulik jihatlar juda ko‘p. O‘zbekiston islom sivilizatsiyasining yirik markazlaridan biri bo‘lib kelgan va shubhasiz shunday bo‘lib qoladi. 

“Al-Masoiyya”da yurtingizning tarixi va bugungi hayoti, erishayotgan yutuqlari haqida maqolalar muntazam chop etiladi. Bundan maqsad Misr xalqini O‘zbekistondek go‘zal diyor bilan yaqin tanishtirib borishdir. 

Jak Barr, “Pantheon-Assas Paris II” universiteti professori (Fransiya):

– O‘zbekistonga ikkinchi marta kelishim. Mamlakatingizda saylovga xalqaro me’yor va andozalar doirasida tayyorgarlik ko‘rilayotganiga yana bir bor amin bo‘ldim. O‘zbekistondagi saylov tenglik, oshkoralik va demokratiya tamoyillari asosida o‘tkazilishiga ishonaman. 

Mamlakatingizda inson huquqlarini himoya qilish borasidagi keng ko‘lamli islohotlar o‘zining yuksak samaralarini berayotir. O‘lim jazosi bekor qilinishi bunga yorqin misoldir. 

O‘zbekiston rahbariyatining mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratayotgan ulkan e’tibori tufayli yurtingiz jahon moliyaviy bo‘hronidan deyarli aziyat chekmadi. 

Solih Hoshim, Arab mamlakatlari universitetlari ittifoqi bosh kotibi (Misr):

– O‘zbekistonga xizmat safari yuzasidan ko‘p kelganman. 2007 yili prezident saylovida kuzatuvchilik qilganman. Meni saylovchilarning ovoz berish jarayonida faol ishtirok etgani quvontirgan. Bu galgi saylovda yuzlab xalqaro kuzatuvchilar qatnashayotgani ham O‘zbekistonda demokratiyani mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Saylovga oid qonun va boshqa hujjatlar xalqaro me’yorlarga to‘liq mos keladi. 

So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi natijasida dunyoda talay ekologik muammolar yuzaga kelmoqda. Bu jarayon inson salomatligiga ham ta’sir ko‘rsatayotir. Mamlakatingizda Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan tabiat musaffoligini ta’minlash, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Xususan, O‘zbekiston Ekologik harakatining tashkil etilishi va unga parlament quyi palatasida 15 deputatlik o‘rni berilishi yurtingizda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida katta ishlar qilinayotganining amaliy ifodasidir.


UzA

7992

25Dekabr 2009



Dolzarb mavzular