Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Nomzodlar orasida xotin-qizlarning ko‘pligi e’tiborga sazovor

Shu yilning 27 dekabr kuni bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovni kuzatish jarayonida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan yuzlab vakillar ishtirok etadi. O’zA muxbirlari mamlakatimizga tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilarning ilk taassurotlari, saylov jarayonlari to’g’risidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Sun Chjuanchji, Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) Tadqiqotlar markazi bosh kotibi:

– O‘zbekiston Respublikasi parlamenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘lganimdan g‘oyat xursandman. Mamlakatingizda fuqarolarning saylovda qatnashishlari uchun barcha imkoniyatlar, saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun barcha shart-sharoit va huquqiy asos yaratilgan. 

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, barcha jabhalarda, jumladan, iqtisodiyot sohasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Mamlakatingizda xalq farovonligi yil sayin yuksalib bormoqda. O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori, nufuzi oshmoqda. Bu yurtingizning tanlagan milliy taraqqiyot yo‘li nechog‘li to‘g‘ri ekaniga yorqin misoldir. 

Ravi Supravoto, Kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vazirligining jamoat axboroti departamenti rahbari (Indoneziya):

– O‘zbekistondagi saylov jarayoni demokratiyaning barcha tamoyillariga, saylovga oid qonun hujjatlari xalqaro me’yorlarga to‘liq mos keladi. 

O‘zbekistonda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlaridan o‘rnak olsa arziydi. Mamlakatingizda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilayotgan ulkan e’tibor tahsinga loyiq. O‘zbekistonning go‘zal tabiati, bog‘u rog‘lari, keng va fayzli ko‘chalari har qanday odamning ko‘ngliga ulkan zavq bag‘ishlaydi. Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni va “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi menda ana shunday unutilmas taassurot qoldirdi. 

O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Bu muqaddas zaminda islom madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab buyuk siymolar yetishib chiqqan. Indoneziya xalqi buyuk muhaddis – Imom Buxoriy qoldirgan bebaho merosni yuksak qadrlaydi. Uning boy ma’naviy merosi asrlar osha insoniyat tafakkurining rivojiga xizmat qilib kelmoqda. 

Ahmad Kamarudin, “Kamarudin & Partners” yuridik kompaniya rahbari (Malayziya):

– Yurtingizda kuzatuvchilarning saylov jarayonini kuzatib borishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. O‘zbekistonda saylovchilar huquqlarini ta’minlash, deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti davomida ommaviy axborot vositalaridan foydalanishi uchun teng sharoit va imkoniyatlar yaratilgani diqqatga sazovor. Mamlakatingizda xotin-qizlarning oila va jamiyat hayotidagi mavqeini yuksaltirish, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar orasida xotin-qizlarning ko‘pligi bunga misoldir. 

Xalqingizga xos bag‘rikenglik, shahar-qishloqlaringizdagi havas qilsa arzigulik tinch-osoyishta hayot hech bir kishini befarq qoldirmaydi. Ko‘nglimdan joy olgan yana bir narsa – bu O‘zbekistonning bozorlari. Ular o‘zining ozodaligi va to‘kinligi bilan ajralib turadi. Bu o‘zbek xalqining yuksak madaniyatidan dalolatdir.


UzA

5253

25Dekabr 2009



Dolzarb mavzular