Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Sergey Lebedev: “Saylov jarayoni g’oyat yuksak saviyada tashkil etilgan”

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda chet el va xalqaro tashkilotlardan 270 nafardan ortiq kuzatuvchi ishtirok etadi. MDH Ijroiya qo’mitasi kuzatuvchilar missiyasi O’zbekistonda 10 kundan buyon ish olib bormoqda. Markaziy saylov komissiyasida MDH Ijroiya qo’mitasi raisi – MDH ijrochi kotibi Sergey Lebedev rahbarligidagi kuzatuvchilar missiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 


Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov kuzatuvchilarni xalqaro standartlarga mos milliy saylov qonunchiligimizga binoan amalga oshirilayotgan saylovga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish bo’yicha qilingan ishlar bilan tanishtirdi. Saylov kampaniyasi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, saylov qonunchiligi, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan konsepsiya, ularda belgilangan ochiqlik va oshkoralik tamoyillariga to’la amal qilingan holda o’tkazilmoqda. Saylov jarayonining barcha ishtirokchilariga saylovoldi targ’ibotini olib borish, bu maqsadda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish uchun teng shart-sharoitlar ta’minlangan. 

Bo’lib o’tgan suhbat asnosida kuzatuvchilarga 2009 yilgi saylov kampaniyasining o’ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Zero, bu galgi saylov mavjud qonunchilikka kiritilgan o’zgartirishlar, saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar hamda mamlakat rahbariyati tomonidan davlat va jamiyat rivojida siyosiy partiyalarning rolini oshirish bo’yicha qabul qilingan chora-tadbirlar, fuqarolarni ovoz berish vaqti va joyi haqida ogohlantirish mexanizmi hisobga olingan holda o’tkazilmoqda. 

– O’zbekistonda demokratik saylov o’tkazish uchun keng ko’lamli ishlar amalga oshirilganligining guvohi bo’ldik, – dedi S.Lebedev. – MDH Ijroiya qo’mitasi missiyasi avvalgi parlament saylovida ham ishtirok etgandi. Milliy saylov qonunchiligi o’tgan davr mobaynida sezilarli darajada takomillashgan. U fuqarolarning o’z xohish irodasini erkin bildirishini to’la kafolatlaydi va eng yuksak demokratik talablarga javob beradi. 2009 yilgi saylovda ishtirok etish uchun ko’p sonli chet ellik va xalqaro kuzatuvchilar tashrif buyurgani butun dunyoda O’zbekistonga qiziqish kuchli ekanligidan, uning xalqaro nufuzi tobora yuksalib borayotganligidan dalolat beradi. MDH Ijroiya qo’mitasi kuzatuvchilar missiyasi faoliyatining bosh tamoyili – xolislikdir. O’z vazifalarimizni bajarishda mamlakat rivojlanishining o’ziga xos jihatlarini, milliy an’analarni e’tiborga olamiz. Missiya vakillari Toshkent, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarida bo’lib, joylarda saylov komissiyalari ishi bilan tanishdi. Siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o’tkazdi. Umuman, bizning fikrimizcha, saylov jarayoni nafaqat markazda, balki viloyatlarda ham g’oyat uyushqoqlik bilan, yuksak saviyada o’tkazilmoqda. Bundan tashqari, ta’kidlash kerakki, O’zbekistondagi barqaror iqtisodiy va siyosiy vaziyat saylovchilarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda muhim omil bo’ladi. MDH Ijroiya qo’mitasi kuzatuvchilar missiyasi o’z faoliyati natijalari bo’yicha bayonot tayyorlaydi va uni saylovning ertasi kuni – 28 dekabrda e’lon qiladi.


UzA

5976

25Dekabr 2009



Dolzarb mavzular