Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

O'zbekiston saylov ruhi bilan yashayotir

Shu yilning 27 dekabr kuni bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovni kuzatish jarayonida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan yuzlab vakillar ishtirok etadi. O’zA muxbirlari mamlakatimizga tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilarning ilk taassurotlari, saylov jarayonlari to’g’risidagi fikrlari bilan qiziqdi. 


Choy Yon Xa, Koreya Respublikasi Sonmun universiteti professori:

– O’zbekistonda saylovga oid qonun va hujjatlar hamda ularga kiritilgan o’zgartirishlar bilan batafsil tanishib chiqdim. Ular xalqaro me’yorlarga to’liq mos keladi, saylovchilarning konstitusiyaviy huquqlari va jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan demokratik tamoyillarni ifoda etadi. Chunonchi, parlament saylovida ko’plab xalqaro kuzatuvchilarning ishtirok etayotgani ham O’zbekistonda demokratiyani mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ulkan ishlarning amaldagi samarasidir. 

Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, mamlakatingiz aholisi saylov ruhi bilan yashayotganining guvohi bo’ldim. Ommaviy axborot vositalarida chop etilayotgan maqolalar, namoyish etilayotgan aksariyat ko’rsatuv va eshittirishlar saylovga bag’ishlangan, ko’chalar va binolarda deputatlikka nomzodlarning plakatlari hamda saylovchilarni ovoz berishga chorlovchi shiorlar osilgan. Milliy telekanallaringiz orqali nomzodlarning chiqishlarini, ularning saylovoldi tashviqotlari va bahs-munozaralarini ko’rdim. Bular saylovchilarning ovoz berish jarayonida munosib nomzodni tanlashga bo’lgan imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Men 2007 yili mamlakatingizda o’tkazilgan Prezident saylovida ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etgandim. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ochiq, oshkora va muqobillik asosida o’tganini alohida ta’kidlamoqchiman. O’shanda saylovchilarning faolligi va saylovning barcha demokratik tamoyillarga amal qilingan holda o’tgani meni lol qoldirgandi. Ko’plab mamlakatlar saylovlarni o’tkazish borasida O’zbekistondan o’rgansa arziydi. 

Mamlakatlarimiz o’rtasidagi munosabatlar siyosiy, iqtisodiy, savdo va sarmoyaviy kabi ko’plab sohalarda izchil rivojlanib borayotir. Men O’zbekistonda bir necha yil elchi lavozimida faoliyat yuritish sharafiga muyassar bo’lganman. O’zbekiston istiqlol yillarida barcha sohalarda ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Har kelganimda yurtingiz iqtisodiyotining jadal taraqqiy etayotgani, shahar-qishloqlar qiyofasining tobora go’zallashayotgani, xalqingiz turmush darajasi muttasil yuksalib borayotganini ko’rib, chin dildan quvonaman. 

Parviz Morvij, Nyu-York davlat universiteti falsafa va ijtimoiy fanlar professori, “Global ilmiy nashriyotlar” markazi direktori:

– O’zbekiston Respublikasi Parlamenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatingizga tashrif buyurganimdan g’oyat mamnunman. Yurtingizda fuqarolik jamiyatini barpo etish, jamiyatni demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash va islohotlarni chuqurlashtirish borasida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar berayotgan samaralar tahsinga loyiq. O’zbekistonda istiqlol yillarida demokratiya, diniy bag’rikenglik, ijtimoiy adolat, insonparvarlikni qaror toptirish, tinchlik, do’stlik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasida betimsol ishlar amalga oshirilganini ta’kidlamoqchiman. Bu siyosiy partiyalarning saylovoldi kurashlarida ham o’z ifodasini topmoqda. 

Men dunyoning ko’plab nufuzli oliy ta’lim dargohlarida, jumladan, mamlakatingizdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida ham ta’lim berganman. Shunga amin bo’ldimki, O’zbekiston yoshlarining intellektual salohiyati boshqa mamlakatlar yigit-qizlarinikiga nisbatan ancha yuqori. Bu esa yurtingizda ta’limni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tiborning, sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning yuksak samaralaridandir. O’zbekistonda yosh avlod ta’lim tarbiyasiga katta e’tibor qaratilayotgani – juda ulug’ ish. Zero, har bir mamlakat kelajagi yoshlar qo’lidadir. 

Ekologiya bugun dunyodagi dolzarb muammolardan. O’zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish, jumladan, Orol dengizi va yer qatlamlarining qurishi kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan Ekologik harakatga Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi 15 deputatlik o’rnining berilishi mamlakatingizda ekologik vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarga yorqin misol bo’la oladi. 

Nerri Yushvayev-Kavaler, AQSh va Kanadadagi buxoro yahudiylari kongressi boshqaruvi a’zosi: 

– O’zbekistonda bir necha bor saylov jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etganman. Har safar saylovlarni tashkil etish saviyasi tobora yuksalayotganining guvohi bo’laman. Yurtingizda saylovning demokratiya tamoyillari asosida, xalqaro me’yorlarga to’liq mos holda ochiq va oshkora o’tishi qonuniy kafolatlangan. 

O’zbekiston Respublikasi sayloviga oid barcha qonun va hujjatlar, ularga kiritilgan o’zgarishlar bilan tanishib chiqdim. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, mamlakatingizda fuqarolar saylov huquqining amalda ijrosini ta’minlash maqsadida xalqaro andozalarga to’la javob bera oladigan saylov tizimi yaratilgan va bu tizim juda to’g’ri va aniq ishlab chiqilgan. Biz ham bu borada O’zbekistondan o’rnak olsak arzigulik jihatlar ko’pligini ta’kidlamoqchiman.

O’zbekistonda saylovoldi jarayonlari, deputatlikka nomzodlarning dasturi, okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyati bilan yaqindan tanishmoqdaman. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlik o’rinlari soni 120 tadan 150 taga ko’paytirilgani qonun ijodkorligi saviyasini, partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatni demokratik yangilashdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.


UzA

8708

23Dekabr 2009



Dolzarb mavzular