Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Valeriy Knyazev: “Saylov uchastkalarida saylovchilar uchun zarur sharoit yaratilgan

Valeriy Knyazev, YevrAzES huquq departamenti rahbari (Rossiya):
– Men saylov kuni poytaxtingizdagi bir necha saylov uchastkasini borib ko‘rdim va barchasida saylovchilar uchun zarur sharoit yaratilganiga guvoh bo‘ldim. 

Saylov jarayonida barcha saylovchilarga hech kim, hech qanday tazyiq o‘tkazmadi. Barcha o‘z fuqarolik burchini emin-erkin ado etdi. Tadbir ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tgani raqobat muhitini kuchaytirdi. Saylov jarayoni izchil, tartibli, milliy va xalqaro andozalar asosida o‘tdi. 

Aytish joizki, ko‘plab mamlakatlarda saylovlarga chetdan kuzatuvchilar taklif etilmaydi. O‘zbekistonda esa uch yuzga yaqin xorijiy kuzatuvchi Prezident saylovini kuzatib bordi. Bizga bu boradagi faoliyatni amalga oshirishimiz uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Bularning barchasi saylov demokratik, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida o‘tganining tasdig‘idir. 

O‘zA 

1952

29Dekabr 2007



Dolzarb mavzular