Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Zaur Sheoj: “Fuqarolar saylovda nihoyatda faol ishtirok etdi”

Zaur Sheoj, “Al-Jazira” telekanali muxbiri (Qatar):
– Men ko‘plab mamlakatlardagi saylov jarayonini kuzatganman. Yurtingizda 23 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida ham bir necha saylov uchastkalarida bo‘lib, ish jarayonini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldim. Saylovchilar nihoyatda faol ishtirok etdi. 

Saylov uchastkalarining barchasi xalqaro talablar darajasida jihozlangan edi. Nomzodlarning dasturi va tarjimai holi aks etgan targ‘ibot materiallari barcha aholi gavjum joylarga ilib qo‘yildi. Ushbu saylovda turli siyosiy partiyalardan va saylovchilar tashabbuskor guruhidan to‘rt nomzod o‘zaro bellashdi. Bu saylovchilarning tanlash imkoniyatini kengaytirdi. 

Bir so‘z bilan aytganda, xalqingiz ushbu tadbirda yuksak uyushqoqlik va faollik bilan ishtirok etib, yurtingizning kelajagi uchun ovoz berdi. Markaziy Osiyo mintaqasidagi biror saylovda men aholining bunday faolligini ko‘rmaganman. Bu yurtingizda demokratik tamoyillar tobora rivoj topib, xalqingizning siyosiy-ijtimoiy dunyoqarashi yuksalib borayotganining ifodasidir. 

O‘zA 

2822

29Dekabr 2007



Dolzarb mavzular