Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Mun Xa-Yong: “Izchil islohotlar samarasida yurtingiz katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda”

Mun Xa-Yong, Koreya Respublikasi Yonsey universiteti professori:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida o‘tgani – mamlakatingizda demokratik huquqiy davlat shakllangani va saylov tizimi xalqaro normalarga to‘la mos kelishidan dalolatdir. Shu bois saylov oshkora, adolatli va sog‘lom raqobat asosida o‘tdi, deb aytish uchun to‘la asos bor. 

Prezidentlikka nomzodlarning dasturlari o‘ziga xosligi, ko‘plab yo‘nalishlarni o‘zida mujassam etgani bilan e’tiborga molik. Prezident saylovida O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhidan nomzodlarning, jumladan, ayol kishining ham ishtirok etgani saylovchidagi tanlash hamda taqqoslash imkoniyatini yanada oshirdi. 

Yoshlar har bir davlatning kelajagi hisoblanadi. Yurtingizda bilimli, iqtidorli yoshlar ko‘p. Ular o‘z qiziqishlariga ko‘ra, har bir voqeaga mustaqil, erkin fikr bildira oladilar. Ular xalq taqdiri va vatan kelajagiga bafarq emaslar. Bunga saylov jarayonida yana bir bor amin bo‘ldim. Talabalar shaharchasidagi 218-saylov uchastkasiga soat 13.00 ga yaqin kelganimizda saylovchilarning 85 foizi ovoz berib bo‘lgan edi. 

Izchil islohotlar samarasida yurtingiz katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Mamlakatda demokratiya tamoyillariga amal qilinayotgani va jadal iqtisodiy yuksalish aholi turmush farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bunday yuksalishga havas qilsa arziydi. 

O`zA 

4942

29Dekabr 2007



Dolzarb mavzular