Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Syuy Tao: “Saylov uyushqoqlik, hamjihatlik va xalqaro me’yorlar doirasida o‘tdi”

Syuy Tao, Xitoy Xalq Respublikasi xalqaro tadqiqotlar akademiyasi Markaziy Osiyo bo‘limining mudiri:
– Saylov – juda katta tarixiy jarayon. Mamlakatning kelgusidagi ravnaqi xalqning qaysi nomzodga ko‘proq ishonch bildirishiga bog‘liq. Albatta, saylov jarayoniga nafaqat saylovchi, balki kuzatuvchi ham katta mas’uliyat va xolislik bilan yondashmog‘i kerak. Chunki bu jarayon adolatli va vijdonan baho berishni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekistondagi saylov uyushqoqlik, hamjihatlik va xalqaro me’yorlar doirasida o‘tdi, deyish uchun barcha asoslar bor. 

Men yurtingizga saylovdan uch kun oldin kelgan edim. Shu bois saylov oldi kampaniyasi va saylov jarayonining bevosita guvohi bo‘ldim. Tayyorgarlik juda yuqori darajada tashkil etilgani menda katta taassurot qoldirdi. 23 dekabr kuni erta tongda Toshkent shahridagi 257-saylov uchastkasiga kelganimda u saylovchilar bilan juda gavjum edi. Saylovchilar uchun yaratilgan keng va qulay shart-sharoit, uchastkadagi tartib, xayrixohlik va xushmuomalalik menga ma’qul bo‘ldi. 

Toshkent shahri va viloyatida saylovning borishini kuzatib, har bir fuqaro ovoz berish uchun o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelganini ko‘rdim. Turli sababalarga ko‘ra saylovda ishtirok eta olmayotgan betoblar, qariyalarning uylariga saylov qutilarining olib borilishi har bir fuqaroga o‘z huquqidan to‘la foydalanish imkonini berdi. Hatto, xorijiy davlatlarda ham saylov uchastkalari tashkil etilgani demokratik tamoyillarga to‘liq amal qilinganiga yorqin misoldir. 

Saylovda ovoz berish vaqti 06.00 dan 20.00 gacha deya belgilangan bo‘lsa-da, kunning ikkinchi yarimida 90 foizga yaqin aholi ovoz berib bo‘lgan edi. Bundan esa xalqning saylovga nisbatan hurmatini his etdim. Ba’zi davlatlardagi saylovlarda saylovchilarning ishtiroki 60-70 foizdan oshmaydi. 

Men mamlakatingizga ilgari ham bir necha marotaba kelganman. Xalqingizning mehr-oqibatidan, urf-odatlaridan xabardorman. Shuningdek, O‘zbekistonda izchillik bilan olib borilayotgan islohotlarning yuksak samaralari hamda saylov qonunchiligi bilan yaqindan tanishman. Shu bois ovoz berish huquqi 18 yoshdan belgilanganini to‘g‘ri, deb hisoblayman. Chunki bu yoshda shaxsda atrof-muhit, jamiyat va odamlarga nisbatan mustaqil fikr shakllanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ochiq va oshkora, ko‘ppartiyaviylik va alternativ asosida o‘tganini, nomzodlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti, tenglik yaratilganini alohida ta’kidlamoqchiman. Konstitutsiyangizda belgilanganidek, har bir shaxs millati, irqi, dinidan qat’iy nazar o‘z xohish irodasi bilan o‘zi tanlagan nomzodga ishonch bildirdi. 

O‘zA 

2671

29Dekabr 2007



Dolzarb mavzular