Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Sin Guanchen: “Prezidenti saylovi jahon andozalariga mos ravishda o‘tdi”

Sin Guanchen, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo intstituti direktori:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etganimdan mamnunman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ochiq-oshkora, chinakam demokratik tamoyillar, milliy qonunchilik doirasida va jahon andozalariga mos ravishda o‘tdi. Bu jamiyatingizda adolat ustuvor ekanidan dalolatdir. Mamlakatingizda fuqarolarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun barcha shart-sharoit va huquqiy asos yaratilgan. Saylov kuni havoning sovuq bo‘lishiga qaramay, saylovchilar tong sahardan ovoz berishga shaylangani meni hayratda qoldirdi. Bu ularning mamlakat taraqqiyoti uchun mas’uliyatni his etishidan dalolatdir. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning to‘rtalasi uchun ham saylovoldi targ‘ibotida teng imkoniyat yaratildi. Saylov jarayonida Prezidentlikka nomzodlar o‘rtasida sog‘lom raqobat yaqqol sezilib turdi. 

Mamlakatingizga har safar tashrif buyurganimda ko‘plab o‘zgarishlarning shohidi bo‘laman. O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari – ko‘rkam inshootlar, ravon yo‘llar har qanday kishini hayratga soladi. Xalqingizning yuksak madaniyatini, bag‘rikengligini, samimiyati va mehmondo‘stligini juda qadrlayman. Yurtingizda istiqlol yillarida barcha sohalarda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar berayotgan samaralar O‘zbekistonning yanada ravnaq topib, xalqingiz farovonligining yuksalishiga xizmat qilmoqda. 

Xitoy Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa, O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Mamlakatlarimiz o‘rtasida izchil rivojlanayotgan hamkorlik kelgusida yanada taraqqiy etishiga, o‘zaro do‘stona rishtalarimiz mustahkamlanishiga ishonaman. 

O‘zA 

2970

29Dekabr 2007



Dolzarb mavzular