Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Mordexay Kimyogarov: “Saylovchilarning ovoz berish jarayonida faol ishtirok etgani quvontirdi”

Mordexay Kimyogarov, “Markaziy Osiyo – Isroil” madaniyat markazining direktori:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, turli viloyatlardagi qator saylov uchastkalarida bo‘ldim. Saylovchilarning ovoz berish jarayonida faol ishtirok etgani meni juda quvontirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi muqobillik va ko‘p partiyaviylik asosida o‘tgani uning demokratik tamoyillarga to‘la mos kelishidan dalolatdir. Mamlakatdagi siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhidan Prezidentlikka nomzod ko‘rsatilib, tashviqot uchun ularga teng sharoit yaratildi. Saylovda yashirin ovoz berilishi saylovchilarga o‘zi tanlagan nomzod uchun ixtiyoriy ravishda ovoz berish imkonini berdi. 

O‘zbekistonlik va xorijdan kelgan ommaviy axborot vositalari xodimlari saylovga oid barcha tadbirlarda faol ishtirok etib, ommani xolis va tezkor axborot bilan ta’minlab turdilar. 

Mamlakatingiz fuqarolari saylov to‘g‘risidagi qonunchilikdan, Prezidentlikka nomzodlar haqidagi ma’lumotlardan yetarlicha xabardor ekan. Turli muassasalar va aholi gavjum joylarda Prezidentlikka nomzodlarning tarjimai holi, dasturlari haqidagi plakatlar, kitob va bukletlarni uchratish mumkin. Bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining demokratiya, ochiqlik hamda oshkoralik tamoyillariga muvofiq o‘tishiga va saylovchilarning nomzodlarni tanlash imkoniyatini yanada oshirishga xizmat qildi. 

O‘zbekistonda istiqlol yillarida demokratiya, diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy adolat, insonparvarlikni qaror toptirish, tinchlik, do‘stlik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasida betimsol ishlar amalga oshirilganining guvohi bo‘ldim. Mamlakatingizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tili, urf-odatlari va an’analarining hurmat qilinishi to‘la ta’minlangani, turli millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil-inoq yashab, samarali mehnat qilayotgani buning yorqin tasdig‘idir. 

Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, muayyan davlatning saylov jarayonlarini kuzatishdan avval o‘sha xalqning tarixini, mentalitetini, an’analarini, qadriyat va urf-odatlarini chuqur o‘rganish lozim. Demokratik tamoyillarga asoslangan saylov namoyishlar o‘tkazish, tartibsizlik keltirib chiqarish, degani emas. Mamlakatingizdagi saylov jarayonlari o‘zbeklarga xos bag‘rikenglik, hamjihatlik va ahillik ruhida, barcha demokratik tamoyillarga mos ravishda tinch-osoyishta va odilona o‘tdi, deyish uchun to‘la asoslar bor. O‘zbekistonda yuksak muvaffaqiyat bilan o‘tgan saylov boshqa mamlakatlar uchun namuna bo‘lishga loyiq. 

O‘zA 

5249

29Dekabr 2007



Dolzarb mavzular