Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Akkan Suver: “Saylov demokratik milliy qonunchilik, xalqaro normalar va andozalarga mos ravishda o‘tdi”

Akkan Suver, “Marmara grupp” fondi prezidenti (Turkiya):
- Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan 300 nafarga yaqin kuzatuvchi qatori men ham yurtingizda 23 dekabr kuni o‘tgan Prezident saylovi jarayonlarini diqqat bilan kuzatdim. Samarqanddagi qaysi saylov uchastkasiga bormay, ularning qonuniylik, oshkoralik va adolat tamoyillariga asoslangan holda faoliyat yuritayotganining guvohi bo‘ldim. 

Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi demokratik milliy qonunchilik, xalqaro normalar va andozalarga mos ravishda o‘tdi, deb komil ishonch bilan ayta olaman. Bu fikrni saylovni kuzatgan barcha xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar ta’kidlamoqda. 

Mazkur siyosiy tadbir jarayonlarini kuzatish asnosida shunga amin bo‘ldimki, saylovchilar to‘rttala nomzod va ularning dasturlari to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotga ega. Barcha saylov uchastkalari aloqa vositalari, texnik jihozlar, saylov qonunchiligi me’yorlariga oid adabiyotlar bilan ta’minlangan edi. 

Samarqand shahri va Payariq tumanidagi bir nechta saylov uchastkasida bo‘lganimda siyosiy partiyalar hamda saylovchilar tashabbuskor guruhi vakillari bilan ham suhbatlashdim. Ulardan ovoz berayotgan saylovchilardan va saylovni kuzatayotgan xalqaro kuzatuvchilardan hech qanday e’tiroz yoki shikoyat eshitmadim. 


O‘zA

2794

28Dekabr 2007



Dolzarb mavzular