Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Yevgeniy Vorsin: “Saylovchilar uchun yaxshi muhit, qulay sharoit yaratilgani ko‘zni quvontirdi”

Yevgeniy Vorsin, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Bosh kotibining o‘rinbosari (Belarus):
- O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatdir. Uning Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati tarkibidagi faol ishtiroki yurtingizda iqtisodiyotni yanada rivojlantirishga, mamlakatingizning xalqaro integratsiya jarayonlariga izchil kirib borishiga, ko‘plab davlatlar bilan hamkorligini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. 

Prezident saylovida mazkur hamjamiyat vakili sifatida ishtirok etib, ovoz berish jarayonini bevosita kuzatib bordim va o‘zim borgan saylov uchastkalarida ish yuksak saviyada tashkil etilganiga guvoh bo‘ldim. Ularning barchasida saylovchilar uchun yaxshi muhit, qulay sharoit yaratilgani ko‘zni quvontirdi. Oddiy holdek ko‘rinsa-da, aslida bunday ishlar zamirida inson qadr-qimmatini e’zozlash, manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga bo‘lgan yuksak e’tibor mujassam. 

Bir saylov uchastkasida bo‘lganimda ellikka yaqin o‘spirin gurra kelib ovoz berdi. Ular ilk bor saylovda qatnashayotgan yoshlar edi. Bir necha saylovchi bilan suhbatlashdim. Ularning barchasi o‘z fikrini emin-erkin bayon etib, milliy saylov qonunchiligini yaxshi bilishini ko‘rsatdi. 

Saylov ana shunday ochiq va oshkora, demokratik tamoyillarga mos tarzda o‘tdi. Shu bois men suhbatlashgan barcha xalqaro ekspertlar, jumladan, Yevropadan kelgan ko‘plab xalqaro kuzatuvchilar ham mazkur umumxalq tadbiri yuksak saviyada tashkil etilgani va o‘tkazilganini e’tirof etdi. 


O‘zA  

1817

28Dekabr 2007



Dolzarb mavzular