Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Muhammad Talha Mahmud Aryan: "Saylovning tenglik, oshkoralik, xolis va adolatli tarzda o‘tganining shaxsan guvohi bo‘ldim"

Muhammad Talha Mahmud Aryan, Pokiston Islom Respublikasi Senati Ichki ishlar qo‘mitasi raisi:
– Men O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonini bir necha saylov uchastkasida diqqat bilan kuzatdim. Saylovning tenglik, oshkoralik, xolis va adolatli tarzda o‘tganining shaxsan guvohi bo‘ldim. Saylov jarayoni milliy qonunchilik, xalqaro me’yorlar va demokratik tamoyillarga to‘la mos o‘tkazilgani e’tiborlidir. Saylov uchastkalariga odamlarning erta tongdanoq faollik bilan ko‘tarinki ruh va xush kayfiyatda kelayotgani meni juda hayratlantirdi. Bu – odamlarning o‘z Vatani, uning taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni astoydil his etishidan dalolat. 

Saylov uchastkalari zarur jihozlar bilan ta’minlangani – ovoz berish kabinalari, saylov varaqalarini tashlash uchun shaffof qutilar va boshqa jihatlar saylovchilar uchun yaratilgan qulay sharoit va keng imkoniyatlar sirasiga kiradi. Barcha ovoz beruvchilar Prezidentlikka nomzodlarning dasturi, saylovga oid boshqa ma’lumotlardan yetarlicha xabardorligi saylovga yuksak darajada tayyorgarlik ko‘rilganining tasdig‘idir. 

Saylovchilarning ko‘pchiligi Islom Karimov nomzodini qo‘llab-quvvatlab ovoz bergani hamyurtlaringizning jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, barcha sohalardagi izchil islohotlarning davom etishiga, el-yurti va o‘z kelajagiga qat’iy ishonchining amaldagi ifodasidir. 


O‘zA 

5485

28Dekabr 2007



Dolzarb mavzular