Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Vitaliy Vidyapin: “O‘zbekistonda Prezident saylovi demokratik tamoyillar asosida o‘tdi”

Vitaliy Vidyapin, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akamediyasi rektori:
– O‘zbekistonda Prezident saylovi demokratik tamoyillar asosida o‘tgani ko‘plab rossiyaliklar qatori meni ham quvontirdi. Saylov – xalqning xohish irodasi, ezgu orzu-umidlarining ifodasidir. Millionlab saylovchilar ishtirokida, uch yuzga yaqin xalqaro kuzatuvchilar nazorati ostida o‘tgan bu yirik siyosiy tadbir o‘zbek xalqi tarixidagi muhim voqealar qatoridan joy oladi. 

Prezidentlikka nomzodlar orasida saylovchilarning tashabbuskor guruhidan ko‘rsatilgan, shuningdek, ayol kishining nomzodi borligi saylovning muqobillik va teng huquqlilikka asoslangan holda o‘tganidan yana bir dalildir. Men Farg‘ona viloyatidagi bir qator saylov uchastkalari faoliyatini ko‘zdan kechirdim. Uchastkalarga kelgan har bir saylovchi, yoshi, kasbu kori, ijtimoyi mavqeidan qat’iy nazar xalq, Vatan taqdiriga befarq emasligini anglab yetdim. 


O‘zA

2884

27Dekabr 2007



Dolzarb mavzular