Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Lutfilla To‘ra: “Ommaviy axborot vositalari saylov jarayonini keng yoritdi”

Lutfilla To‘ra, “Mobiliya” kompaniyasi direktori (AQSH):

– Men dastavval saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishar ekanman, ommaviy axborot vositalari tomonidan ushbu jarayon keng yoritilayotganiga guvoh bo‘ldim. Jamoat joylari ― mahallalar, maktablar, transport vositalari, oliy o‘quv yurtlari, ko‘chalarda ham eng ko‘rinarli joylarga nomzodlarning dasturlari va tarjimai holiga oid rang-barang targ‘ibot materiallari osib qo‘yilganini ko‘rdim. 

Saylov zamonaviy vositalar bilan jihozlangan binolarda, batartib, osoyishta va o‘zaro hamjihatlik ruhida o‘tdi. Saylovchilarga hech kim, hech qanday ta’sir o‘tkazmadi. Nafaqat yoshi ulug‘lar, hatto endi 18 yoshga to‘lgan navqiron avlod vakillari ham o‘z xohish-irodasini faollik bilan emin-erkin ado etdi. 

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovning dastlabki natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Islom Karimov eng ko‘p ― sal kam 90 foiz ovoz olgani ma’lum bo‘ldi. Saylovchilarning Islom Karimov nomzodini qo‘llab-quvvatlashi O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni izchil davom ettirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va xalq farovonligini yanada yuksaltirishga doir masalalarni amalga oshirishning muhim kafolati ekanini to‘g‘ri anglab yetganidan dalolatdir. 

O‘zA

3033

27Dekabr 2007



Dolzarb mavzular